Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2025-yil 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan “hukumat soati”da “Suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, kanallar va sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish ishlarining borishi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javoblarni eshitish haqidagi taklif maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi “hukumat soati”ga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 30-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 409-V-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-fevral,
449-V-son