Ismoilov Nuriddin Moʻydinxonovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning hamraisi |
Abdullayev Ilxom Zayirovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining raisi, Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiya hamraisining oʻrinbosari |
Nazarov Sharofiddin Xakimovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining raisi |
Agzamova Gulrux Anvarovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining raisi |
Borisova Yelena Mixaylovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Kurbonboyev Maqsud Komulovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Kurbanov Firdavs Kobiljonovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Litvinova Olga Ivanovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi. |
Smesova Yekaterina Aleksandrovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 17.02.2025 yildagi 495-V-son
Кучга кириш санаси
17.02.2025
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat 22.04.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasining tarkibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga hamda 2022-yil 22-noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasining Reglamentiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlari Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 22-apreldagi 1987-V-sonli qarori tahririda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 16-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2867-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 1, 77-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
495-V-son