17.02.2025 yildagi 495-V-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.02.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasining tarkibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy, qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga hamda 2022-yil 22-noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasining Reglamentiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasining Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi deputatlari Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ismoilov Nuriddin Moʻydinxonovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning hamraisi

Abdullayev Ilxom Zayirovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining raisi, Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiya hamraisining oʻrinbosari

Nazarov Sharofiddin Xakimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining raisi

Agzamova Gulrux Anvarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining raisi

Borisova Yelena Mixaylovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Kurbonboyev Maqsud Komulovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Kurbanov Firdavs Kobiljonovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

Litvinova Olga Ivanovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi.

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 16-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2867-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 1, 77-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
495-V-son