Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni koʻrsatish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-24-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilmagan qoʻshimcha tibbiy yordam koʻrsatishni huquqiy tartibga solish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”)
(“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilmagan qoʻshimcha tibbiy yordam koʻrsatishni huquqiy tartibga solish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 14-yanvarda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilmagan qoʻshimcha tibbiy yordam koʻrsatishni huquqiy tartibga solish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-24-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni koʻrsatish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
490-V-son