11.02.2025 yildagi 443-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston —– 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda davlat dasturi deb yuritiladi) 2024-yilda bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar mamlakat iqtisodiyotini izchil rivojlantirish, aholi farovonligini yanada oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturidagi ustuvor yoʻnalishlar va maqsadlarning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida muntazam ravishda muhokama etilib, har hafta va oy yakunlari boʻyicha vazirlik va idoralar kesimida monitoring olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida jami 235 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 6 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30 ta hujjati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 33 ta qarori hamda 166 ta boshqa hujjatlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish borasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar doirasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, taʼlim tizimini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida 76 foiz bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan. 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarining olis va chekka hududlaridagi qator maktablar oʻquvchilari uchun bepul maktab avtobuslari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligining “QS World University Rankings — 2025” TOP-1000 ga kiradigan xorijiy universitetlar roʻyxatidan 2024-yilda ilk bor ikki oliy taʼlim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” milliy tadqiqot universiteti (547-oʻrin) va Oʻzbekiston Milliy universiteti (781 — 790-oʻrinlar) joy egallagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida ularning 197,7 ming nafariga 3,3 trln soʻm kredit ajratilgan, 548,8 ming nafarining bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallik darajasini qisqartirish yoʻnalishida “Online-mahalla” platformasida hududlar kesimida kambagʻal aholining balansi shakllantirilib, ularga koʻrsatilayotgan yordamni onlayn monitoring qilish va manzilli ishlash imkoniyatini beradigan “Individual dastur” moduli ishga tushirilgan. Ushbu modulda ijtimoiy himoyaga muhtoj 729 mingta oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha manzilli individual dastur ishlab chiqilib, turli ijtimoiy yordamlar koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan bu kabi chora-tadbirlar natijasida kambagʻallik darajasi yil boshiga nisbatan 9,4 foizga tushirilishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishidagi ustuvor maqsadlar doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida yalpi ichki mahsulot 106,5 foizga, sanoat 106,8 foizga, xizmatlar 107,7 foizga, qishloq xoʻjaligi 103,0 foizga oʻsgan, jami qiymati 34,9 mlrd AQSH dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, oʻtgan yilga nisbatan 1,6 barobarga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan biznesni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratish, sohadagi tizimli muammolarni hal etish, ishbilarmonlarning takliflarini muhokama qilish maqsadida 2024-yil 20-avgust va 20-dekabr kunlari faol tadbirkorlar, biznes vakillari bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvor yoʻnalishlari doirasida “yashil energiya” texnologiyalarini joriy etish orqali sugʻorish tarmoqlaridan suv yetkazib berishda elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini oshirish yoʻnalishida Toshkent viloyatida 200 MVt, Nishon tumanida 300 MVt, Qorovulbozor tumanida 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyalari, Tomdi tumanida 300 MVt shamol elektr stansiyasi qurilib, foydalanishga topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika boʻyicha 225,9 mln tup daraxt va buta koʻchatlari ekilgan, “yashil bogʻlar” soni 444 taga yetkazilgan. Orolboʻyi mintaqasi hududlarida 220 ming gektar maydonda “yashil qoplama”lar himoya oʻrmonzorlari barpo etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish borasida ham qator ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, mahallalarda “Raqamli mahalla” yagona elektron platformasi (mahalla.ijro.uz) ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish maqsadida ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza (soʻrovnoma) berish jarayonlari “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyillari asosida qayta koʻrib chiqilib, soddalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazalaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali avtomatik tarzda olish imkoniyati yaratilgan. Natijada talab etiladigan maʼlumotlar 150 tadan 85 taga qisqargan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli qarori hamda “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-111-sonli Farmoni qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz va tinchlikparvar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishida mamlakatimizning xalqaro munosabatlardagi oʻrnini yanada mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan aloqalar koʻlamini yanada kengaytirishga, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha parlament va hukumat oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 108 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilgan, mansabdor shaxslarga yuborilgan 12 ta parlament soʻrovi, 143 ta deputat soʻroviga javoblar olingan, 6-marta “hukumat soati” va 8-marta “parlament eshituvi” tadbirlari oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tomonidan koʻrilgan izchil chora-tadbirlar natijasida davlat dasturining jami 420 ta bandidagi 691 ta yaxlit va kichik bandda nazarda tutilgan topshiriqlardan 580 tasi toʻliq bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga davlat dasturida belgilangan topshiriqlardan 47 tasining ijro muddati uzaytirilgan, 64 tasining ijrosini taʼminlash boʻyicha boshlangan ishlar yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2024-yilda ichimlik suvi taʼminoti ogʻir boʻlgan 50 ta mahallani ijtimoiy buyurtma asosida suv bilan taʼminlash (2-ilova 94-bandi), oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish tartibini takomillashtirish (1-ilova 31-bandi), lizing xizmatlari bozori samaradorligini oshirish (2-ilova 20-bandi) borasidagi ishlar tugallanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida nazarda tutilgan “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (7-ilova 13-band), 2024-yil uchun koʻp kvartirali uy-joylarni renovatsiya qilish boʻyicha qonuniy asoslarni yaratish (2-ilova 83-bandi), innovatsion faoliyat sohasidagi startap loyihalarini saralash va moliyalashtirish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi (6-ilova 5-band), Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suv taʼminotini tubdan yaxshilashning 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining (8-ilova 3-band) qabul qilinishi jarayonlari kechikmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek davlat dasturining ijrosini muhokama qilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari aʼzolari tomonidan bir qator muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, investitsiyalarni yanada koʻpaytirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, “yashil energiya” ulushini oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, kanallarni betonlashtirish ishlarini yakunlash, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olishga oid vazifalarning ijrosiga hukumat tomonidan ustuvor ahamiyat berilishi lozimligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy himoya qilish, nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash, tibbiyot tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, onkologik kasalliklar boʻyicha skrining tekshiruvlarini oʻtkazish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mehnat migrantlariga xorijiy tillarni oʻrgatishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari, shu jumladan qonun loyihalarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va parlament muhokamasiga kiritilishini taʼminlash maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 47 ta va bajarilishi yakunlanmagan 64 ta bandda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturida ijro etilishi kechikayotgan vazifalarning sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturining bajarilishi yuzasidan hisobotni muhokama qilish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, erishilayotgan natijalarning ahamiyatini aholiga yetkazish ishlarini izchil davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturida koʻzda tutilgan tadbirlarning joylarda ijro etilishi holatini deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati davomida izchil oʻrganib borilishiga ustuvor ahamiyat qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlarining maqsadli oʻzlashtirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan va yakunlanmagan bandlarning sifatli bajarilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
443-V-son