Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-fevral,
467-V-son