03.02.2025 yildagi 424-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzurida Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 18-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisidagi nutqida quyi palata qoʻmitalari faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan muloqotni kuchaytirish borasida bildirilgan tashabbuslarni oʻz vaqtida hayotga tatbiq qilish, shuningdek qonun ijodkorligi jarayonining sifati va samaradorligini yanada oshirish hamda keng jamoatchilikning qonun loyihalarini ishlab chiqishdagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari huzuridagi Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzurida ekspertlar, mutaxassislar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat Jamoatchilik kengashlarini tuzish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalari muhokamasi jarayonlarida, shuningdek davra suhbatlari, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etishda oʻzlarining huzurida tuziladigan Jamoatchilik kengashlari orqali ekspertlar, mutaxassislar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-fevral,

424-V-son