Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3403-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 29-noyabrdagi 326-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3403, 2022-yil 19-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2022-y., 10/22/3403/1098-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-mart,
01/14-23/36-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2025-yil 7-mart
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2025-y., 10/25/3403-2/0265-son)