Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-martda hisobga olindi, hisob raqami 339]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-mart,
01/2-29-son
Kelishildi:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2025-yil 15-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 15-martdagi 01/2-29-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 293, 2024-yil 25-sentabr) 222-bandidagi “3” raqami “13” raqami bilan almashtirilsin.
2. SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 331, 2025-yil 27-yanvar) 125-bandi birinchi xatboshisidagi “3” raqami “13” raqami bilan almashtirilsin.