Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Qarori
Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2168-9]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201 va 106-son qarori (roʻyxat raqami 2168, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-mart,
2-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-mart,
238-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-mart,
3347-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 14-martdagi 2-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 7-martdagi 3347-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 13-martdagi 238-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “16” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
2. 10-bandda:
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq xodimlar mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlari bilan nazarda tutilgan toʻlovlarga, ijtimoiy soliq toʻlovlarini oʻz ichiga olgan holda;”;
“b” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra notarius, notarius yordamchisi va notarial arxiv mudirining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravar miqdorida qoʻllash bilan bogʻliq toʻlovlarga;”.
3. 12-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori va Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3561, 2024-yil 22-oktabr) bilan nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirish;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra, notarius va notarius yordamchisining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravari miqdorida qoʻllash bilan bogʻliq toʻlovdan tashkil topadi.”.
4. 13-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori va Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3561, 2024-yil 22-oktabr) bilan nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirish;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, notarial arxiv mudirining daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha va ustamalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra, notarial arxiv mudirining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravari miqdorida qoʻllash bilan bogʻliq toʻlovdan tashkil topadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2025-y., 10/25/2168-9/0260-son)