Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3078-5]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 125-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 10/18/3078/2073-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-fevral,
232-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 11-fevraldagi 232-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 23-bandning birinchi xatboshisidan “budjet tashkilotlarining pensiya va nafaqalarni toʻlash uchun,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. 330 000 “Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning xarajatlari boʻyicha majburiyatlar” schyotining tegishli subschyotlari Budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining gʻaznachilikda milliy valyutadagi depozit shaxsiy hisobvaragʻi mablagʻlari boʻyicha, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan (oʻtgan yilning debitor qarzdorligini, kamomadlarni, tekshiruv natijasiga koʻra aniqlangan oʻzlashtirishlarni) mablagʻlari hamda hisoblangan xarajatlar boʻyicha majburiyatlarni oʻz ichiga oladi.”.
3. 47-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. 800 000 “Hisoblangan xarajatlar (moliyaviy majburiyat)” schyotining tegishli subschyotlari budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining gʻaznachilikda milliy valyutadagi depozit shaxsiy hisobvaragʻi mablagʻlari boʻyicha, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan (oʻtgan yilning debitor qarzdorligini, kamomadlarni, tekshiruv natijasiga koʻra aniqlangan oʻzlashtirishlarni) mablagʻlari boʻyicha hisoblangan xarajatlarni oʻz ichiga oladi.”.
4. 49-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. 990 000 “Budjet ijrosining moliyaviy natijalari” schyotining tegishli subschyotlarida budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining gʻaznachilikdagi depozit mablagʻlari hamda oʻtgan yilgi debitorlik qarzdorliklar, kamomadlar, tekshiruv natijasiga koʻra toʻlovlar boʻyicha moliyaviy natijalarning hisobi yuritiladi.”.
6. 59 va 76-bandlardagi “taʼlim muassasalaridagi” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 62, 77, 296 va 297-bandlardagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“64. 102 411 “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida darsliklar ijarasi toʻlovi” subschyotida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi darsliklar ijarasi toʻlovidan tushgan mablagʻlar va ularning harakati hisobi yuritiladi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi darsliklar ijarasi toʻlovi hisoblanganda 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 345 000 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha kreditor qarzlari” subschyoti kreditlanadi. Mazkur ijara toʻlovi budjet tashkilotiga tushganda, 151 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyoti kreditlanadi va 102 411 “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida darsliklar ijarasi toʻlovi” subschyoti debetlanadi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan undirilgan ijara toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasiga oʻtkazib berilganda, 345 000 “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha kreditor qarzlari” subschyoti debetlanadi va 102 411 “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida darsliklar ijarasi toʻlovi” subschyoti kreditlanadi.”.
9. 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. 102 415 “Boshqa davlat taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan davlat taʼlim tashkilotlaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan toʻlanadigan badallari hisobga olinadi.
Mablagʻlarni ota-onalardan kirim qilinishi 102 415 “Boshqa davlat taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar” subschyotining debetida va 151 400 “Budjet tashkilotlarining toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga xarajati hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 102 415 “Boshqa davlat taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.”.
10. 75-bandda:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
11. 100-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari, 253-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari hamda 280-banddagi “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 110 va 264-bandlardagi “oliy oʻquv yurtlari” degan soʻzlar “davlat oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 111-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“111. 153 600 “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” subschyotida davlat taʼlim tashkilotlarida talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha va oʻquv jarayonida yuzaga keladigan debitor qarzlar hisobi olib boriladi.
Davlat taʼlim tashkilotlari tomonidan toʻlov-kontrakt mablagʻlarining hisoblanishi 153 600 “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” subschyotining debetida va 520 150 “Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Toʻlov-kontrakt mablagʻlarining kelib tushishi 153 600 “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlar” subschyotining kreditida va 102 409 “Davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushumlar” subschyotida aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir talaba boʻyicha alohida holda tashkil qilinadi.”.
14. 265-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“265. 343 600 “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa kreditor qarzlari” subschyotida davlat taʼlim tashkilotlarida talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha va oʻquv jarayonida yuzaga keladigan kreditor qarzlar hisobga olinadi.
Davlat taʼlim tashkilotlarida talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha va oʻquv jarayonida yuzaga kelgan kreditor qarzlar kelgusi hisob-kitoblarda inobatga olinadi yoki ushbu kreditor qarzlar yakuniy hisob-kitoblardan soʻng yuzaga kelgan taqdirda belgilangan tartibda talabaga qaytariladi.”.
15. 282-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“282. 520 150 “Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlar” subschyotida davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan daromadlarning hisoblanishi aks ettiriladi.”.
16. 283-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“283. Oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha mablagʻlarning hisoblanishi 153 600 “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” subschyotining debetida va 520 150 “Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlar” subschyotining kreditida, mablagʻlarning kelib tushishi 102 409 “Davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushumlar” subschyotining debetida va 153 600 “Budjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” subschyotining kreditida aks ettiriladi.”.
17. 315-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“315. 983 000 “Davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablagʻlar boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda, 730 000 “Davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi. Xarajatlarning analitik hisobi har bir xarajat turi va moddalari boʻyicha alohida oʻtkazma beriladi.
Subschyot kreditida yil mobaynida hisoblangan davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 520 150 “Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlar” subschyoti debetlanadi.
Yil oxirida, avvalo, foydalanilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar summasiga toʻgʻri keluvchi haqiqiy xarajatlar summasi (ushbu mablagʻlar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi (amortizatsiyasi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadlariga ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar) 730 000 “Davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotidan hisobdan chiqariladi. Bunda, 986 000 “Budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar” subschyoti debetlanadi va 730 000 “Davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Soʻng moliya yilining oxirida joriy yilga toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natijalar 983 000 “Davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi va 520 150 “Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha hisoblangan daromadlar” hamda 730 000 “Davlat taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotlari boʻyicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.”.
18. 317-bandda:
uchinchi xatboshidan “, 342 400 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi bilan sugʻurta badali toʻlovi boʻyicha kreditor qarzlari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 326-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“326. 05 “Oʻquvchilar va talabalarning qaytarilmagan moddiy qimmatliklar boʻyicha qarzlari” schyotida oʻquvchilar va talabalar tomonidan qaytarilmagan ust-bosh, ich kiyimlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy qimmatliklar yuzasidan qarzi hisobga olinadi. Davlat taʼlim tashkilotlaridan chiqarilgan oʻquvchilar va talabalar hisobida turgan moddiy qimmatliklarni davlat taʼlim tashkiloti balansidan oʻchirish ularning oʻquv yurtidan chiqarilganligi haqidagi buyruqqa asosan amalga oshiriladi.”.
20. 330-banddagi “taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 1-ilovada:
102 403, 104 460, 111 302, 144 000, 152 400, 335 000, 342 400, 540 000, 850 000 va 995 000 — 995 200-qatorlar chiqarib tashlansin;
102 409, 104 420, 730 000 va 983 000-qatorlardagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
102 415, 111 306, 111 315, 520 130 va 520 140-qatorlardagi “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
102 411 va 520 440-qatorlardagi “Umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
520 150-qatordagi “Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlimi tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 2-ilovada:
24-pozitsiyaning “Debet” va “Kredit” ustunlaridan “/144 000” raqami chiqarib tashlansin;
39, 40, 75 va 76-pozitsiyalarning “Debet” ustunidan “/335000” raqami chiqarib tashlansin;
74 va 89-pozitsiyalarning “Debet” ustunidan “335000/” raqami chiqarib tashlansin;
68, 78 va 90-pozitsiyalarning “Kredit” ustunidan “/335000” raqami chiqarib tashlansin;
73 va 93-pozitsiyalarning “Kredit” ustunidan “/995200” raqami chiqarib tashlansin;
85-pozitsiyaning “Kredit” ustunidan “995100/” raqami chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3078-5/0249-son)