10.03.2025 yildagi 149-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni hamda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, taʼlim grantlarini iqtidorga yoʻnaltirish, grant kvotalarining taqsimlanishida raqobat muhitini yaratish va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim grantini ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ularning sonidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantiga ajratish hamda tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim grantini har oʻquv yili yakunlangandan soʻng bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tili va kurslar kesimida tabaqalashtirilgan tarzda alohida qayta taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash natijasiga koʻra taʼlim grantini oluvchi talabalar roʻyxatini oliy taʼlim tashkiloti kengashining qarori bilan tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, vazirlik va idoralar oʻz tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlari uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmini ushbu qarorga muvofiq hisoblaydi va navbatdagi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom taʼlim grantlarini ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan ijtimoiy faol talabalar oʻrtasida oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash hamda qoʻshimcha grant taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya — taʼlim grantiga talabgorlarning akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini aniqlash uchun oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) raisligida 9 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tuziladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya — taʼlim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faolligini aniqlash uchun oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) raisligida 9 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tuziladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya — Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan taqdim etilgan natijalarni umumlashtirib, koʻrib chiqish uchun oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) raisligida 9 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tashkil etiladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim grantining bazaviy soni — oliy taʼlim tashkilotining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (magistratura mutaxassisligiga) kirish imtihonlari natijasiga koʻra davlat granti asosida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar soniga teng grant oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim grantiga talabgor — oliy taʼlim tashkilotining taʼlim granti ajratilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) boʻyicha ikkinchi va undan keyingi kurslarda tahsil olayotgan, taʼlim grantini qayta taqsimlashda ishtirok etish istagini bildirgan talaba;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, oʻqitish xarajati Davlat budjetidan toʻliq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanadigan taʼlim granti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq boʻlmagan taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanmaydigan taʼlim granti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GPA (Grade Point Average) — taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballarining oʻrtacha qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha davlat granti — oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida muayyan oʻquv yili yakuni boʻyicha GPA koʻrsatkichi 4 va undan yuqori boʻlgan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi talabalarning (keyingi oʻrinlarda — belgilangan toifadagi talabalar) navbatdagi oʻquv yili uchun oʻqitish xarajati Davlat budjetidan toʻliq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanadigan grant;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti granti — moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan ularda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil oluvchi belgilangan toifadagi talabalarning GPA koʻrsatkichi 3,3 dan 4 gacha boʻlganda, ularning navbatdagi oʻquv yili uchun belgilangan toʻlov-kontrakt summasining 20 foizdan 80 foizgacha boʻlgan qismini ushbu oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadigan grant.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom qabul jarayonlari hamda qabul parametrlarini shakllantirish va belgilash alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadigan oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim granti soni ikkinchi va undan keyingi kurslar uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tili va kurslar kesimida talabalar sonidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantiga ajratiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq taʼlim granti — taʼlim granti bazaviy sonining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq boʻlmagan taʼlim granti — taʼlim granti bazaviy sonining toʻliq taʼlim grantidan qolgan qismining ikki baravari miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantlarining oʻzaro nisbati oʻquv yili yakunlanishidan kamida olti oy oldin oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taʼlim grantlari oʻquv yili yakunlangandan soʻng bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tili va kurslar kesimida tabaqalashtirilgan tarzda alohida qayta taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim grantlarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash jarayoni bosqichlarining aniq muddatlari oʻquv yilining davomiyligidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi va oʻquv yili yakunlangunga qadar eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya, Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya hamda Maxsus komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillari ham jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning grant oʻrni taʼlim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda quyidagi holatlarda inobatga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻqishi davlat granti asosida tiklanishi mumkin boʻlgan talabalar chetlashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba belgilangan tartibda akademik taʼtil olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba akademik mobillik dasturlari asosida hamkor oliy taʼlim tashkilotida tahsil olish uchun bir oʻquv yilidan koʻp boʻlmagan muddatga ketganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan toifaga kiruvchi talabalar belgilangan tartibda va muddatlarda oʻqishni davom ettirish uchun qaytganda, navbatdagi taʼlim grantlarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim grantini qayta taqsimlash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari mazkur Nizomda qayd etilgan grantlardan faqat bittasi boʻyicha talabgor boʻlish huquqiga ega.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgacha boʻlgan miqdorda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi abituriyentlar (keyingi oʻrinlarda — belgilangan toifadagi abituriyentlar) uchun davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan toifadagi abituriyentlar uchun ajratiladigan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda muayyan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat grantiga oʻtish balining 80 foizi va undan yuqori ball toʻplagan belgilangan toifadagi abituriyentlar ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda talabalikka tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur imtiyoz abituriyent roʻyxatdan oʻtishda tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga hamda ushbu taʼlim yoʻnalishiga kirishda Davlat komissiyasi tomonidan davlat grantiga belgilangan minimal oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilangan toifadagi talabalar uchun 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarida fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (GPA (grade point average) koʻrsatkichi) “3,5” va undan yuqori boʻlgan talabalarga keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Taʼlim grantini tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taʼlim grantiga talabgorlar uchun oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn roʻyxatdan oʻtish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha muayyan oʻquv yilidagi GPA koʻrsatkichi 3,5 dan past boʻlgan talabalarning taʼlim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha muayyan oʻquv yilidagi GPA koʻrsatkichi 3,5 dan past boʻlganligi sababli vakant qolgan taʼlim granti oʻrinlari keyingi oʻquv yili uchun oʻtkaziladigan taʼlim grantining qayta taqsimotida inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS — Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi orqali shakllantiriladi. Bunda talabalarning GPA koʻrsatkichi yuzdan bir ulushda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan taʼlim grantiga talabgorlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari hisoblab chiqiladi va mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi hamda ushbu komissiya bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabalarning akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichi talabalarning GPA koʻrsatkichini “ 16” soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Taʼlim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik koʻrsatkichi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholash mezoniga asosan Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan aniqlanadi va 20 ballik mezonda baholanib, ushbu komissiya bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabalarning ijtimoiy faollik koʻrsatkichi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan taʼlim grantiga talabgorlarni baholash natijalari har yili 1-avgustga qadar Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Maxsus komissiya tomonidan taʼlim grantiga talabgorlarning natijalari umumlashtirilib, ularning roʻyxati ballar ketma-ketligi boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim grantiga talabgorlarning eng koʻp toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Belgilangan taʼlim granti oʻrinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija koʻrsatgan talabgorlarning akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ustuvorlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan taʼlim granti oʻrinlari doirasida tanlov chegarasida ham, talabgorlarning akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun oʻzlashtirilgan semestrlarda oʻtilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda test sinovlarini oʻtkazish muddatlari va tartibi, test savollari soni va baholash mezonlari oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya, Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya hamda Maxsus komissiyaning faoliyati natijalari (talabgorlarning aniqlangan koʻrsatkichlari) muntazam ravishda oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taʼlim grantini qayta taqsimlash jarayonlaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun har bir koʻrsatkich boʻyicha natijalar eʼlon qilingandan soʻng 48 soat davomida oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali apellyatsiya berish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya arizalari uch kun muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maxsus komissiya muayyan oʻquv yili uchun taʼlim grantiga talabgor talabalarning oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilangan taʼlim grantlari (toʻliq va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantlari) oʻrniga mos ravishda (ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda) shakllantirilgan roʻyxatini tasdiqlash uchun har yili 15-avgustga qadar oliy taʼlim tashkiloti kengashiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oliy taʼlim tashkiloti kengashi Maxsus komissiya tomonidan taqdim etilgan roʻyxat va unga tegishli boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqib, har yili 20-avgustga qadar taʼlim grantini oluvchi talabalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oliy taʼlim tashkiloti kengashining qaroriga asosan taʼlim grantini oluvchi talabalar roʻyxati har yili 25-avgustga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkiloti kengashining qarori ushbu talabalarga toʻliq va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantlarini berish boʻyicha oliy taʼlim tashkiloti rektorining (direktorining) buyruqlarini rasmiylashtirishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga qoʻshimcha davlat grantini taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirib, muayyan oʻquv yili boʻyicha GPA koʻrsatkichi 4 va undan yuqori boʻlgan, belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi oʻquv yili uchun qoʻshimcha davlat granti taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgorlar oʻz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari har yili 25-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan GPA koʻrsatkichi 4 va undan yuqori ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan haqiqatda talabgorning belgilangan toifadagi talaba ekanligi koʻrib chiqilib, baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya arizalarni koʻrib chiqish va baholash natijalarini har yili 1-avgustga qadar Maxsus komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus komissiya talabgorlarning maʼlumotlarini umumlashtirib, qoʻshimcha davlat grantiga tavsiya etiladigan talabalar roʻyxatini har yili 20-avgustga qadar oliy taʼlim tashkiloti rektoriga (direktoriga) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maxsus komissiyaning tavsiyasi talabalarga qoʻshimcha davlat grantini berish boʻyicha oliy taʼlim tashkiloti rektorining (direktorining) buyrugʻini rasmiylashtirishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoʻshimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentabrga qadar oliy taʼlim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grant taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 2024/2025 oʻquv yilidan oʻqishga kirib, muayyan oʻquv yili boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,3 dan 4 gacha boʻlgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkiloti granti taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlari har yili oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda oliy taʼlim tashkiloti grantini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oliy taʼlim tashkiloti grantiga talabgorlar oʻz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari har yili 25-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan GPA koʻrsatkichi 3,3 dan va 4 gacha ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan haqiqatda talabgorning belgilangan toifadagi talaba ekanligi koʻrib chiqilib, baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya arizalarni koʻrib chiqish va baholash natijalarini har yili 1-avgustga qadar Maxsus komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Maxsus komissiya talabgorlarning maʼlumotlarini umumlashtirib, oliy taʼlim tashkiloti grantiga tavsiya etiladigan talabalar roʻyxatini har yili 20-avgustga qadar oliy taʼlim tashkiloti rektoriga (direktoriga) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Maxsus komissiyaning tavsiyasi talabalarga oliy taʼlim tashkiloti granti berish boʻyicha oliy taʼlim tashkiloti rektorining (direktorining) buyrugʻini rasmiylashtirishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oliy taʼlim tashkiloti granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentabrga qadar oliy taʼlim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oliy taʼlim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA koʻrsatkichi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,3 — 3,39 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 20 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,4 — 3,49 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,5 — 3,59 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 40 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,6 — 3,69 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,7 — 3,79 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 60 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,8 — 3,89 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 70 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,9 — 3,99 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim grantini qayta taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyekt

Chora-tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Talabgor

(talaba)

Oliy taʼlim tashkiloti rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi.

Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda

2-bosqich

Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya,

Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya

1. Talabgorning oʻzlashtirish koʻrsatkichini baholaydi.

2. Talabgorning ijtimoiy faollik koʻrsatkichini baholaydi.

Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan muddatda

3-bosqich

Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya,

Ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya

Talabgorni baholash natijalarini Maxsus komissiyaga taqdim etadi.

Har yili 1-avgustga qadar

4-bosqich

Maxsus komissiya

Talabgorning umumiy natijasini shakllantirib, oliy taʼlim tashkiloti kengashiga kiritadi.

Har yili 15-avgustga qadar

5-bosqich

Oliy taʼlim tashkiloti kengashi

Taʼlim grantini oluvchi talabalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.

Har yili 20-avgustga qadar

6-bosqich

Oliy taʼlim tashkiloti

Taʼlim grantini oluvchi talabalar roʻyxatini oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Har yili 25-avgustga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faolligini aniqlash boʻyicha baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

1.

Kitobxonlik madaniyati

0 — 20

2.

“5 muhim tashabbus” doirasidagi toʻgaraklarda faol ishtiroki

0 — 20

3.

Talabaning akademik oʻzlashtirishi

0 — 10

4.

Talabaning oliy taʼlim tashkilotining ichki tartib qoidalari va Odob-axloq kodeksiga rioya etishi

0 — 5

5.

Xalqaro, respublika, viloyat miqyosidagi koʻrik-tanlov, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida erishgan natijalari

0 — 10

6.

Talabaning darslarga toʻliq va kechikmasdan kelishi

0 — 5

7.

Talabalarning “Maʼrifat darslari”dagi faol ishtiroki

0 — 10

8.

Volontyorlik va jamoat ishlaridagi faolligi

0 — 5

9.

Teatr va muzey, xiyobon, kino, tarixiy qadamjolarga tashriflar

0 — 5

10.

Talabalarning sport bilan shugʻullanishi va sogʻlom turmush tarziga amal qilishi

0 — 5

11.

Maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid boshqa yoʻnalishlardagi faolligi

0 — 5

Jami ball:

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2025-y., 09/25/149/0238-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)