Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3294-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/21-son qarori (roʻyxat raqami 3294, 2021-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 10/21/3294/0285-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi birinchi xatboshisi “davlat boji va yigʻimlarni toʻlash” degan soʻzlardan keyin “, mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarni amalga oshirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-fevral,
5/12-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 10/25/3294-2/0236-son)