Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3079-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/13-son qarori (roʻyxat raqami 3079, 2018-yil 25-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/3079/2122-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-fevral,
5/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 5/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida tijorat banklarining pul mablagʻlarini jalb qilish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Markaziy bank Kredit qoʻmitasi” degan soʻzlar “Markaziy bank boshqaruvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-banddagi “Markaziy bankning Kredit qoʻmitasi” degan soʻzlar “Markaziy bank boshqaruvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 10/25/3079-2/0237-son)