Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Qarori
Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3233-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi hamda Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy bank boshqaruvining 2020-yil 20-martdagi 01-02/12-10, 14, 7, 3/2-son qarori (roʻyxat raqami 3233, 2020-yil 2-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3233/0540-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi uchun belgilangan vaqt meʼyorlari, bunda:
yoʻlovchini shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish vaqti 30 daqiqa ichida;
bitta bagajning bojxona koʻrigi va (yoki) bojxona koʻzdan kechiruvi 10 daqiqa va alohida kuzatib boriladigan (bagaj, pochta va (yoki) pochta-bagaj vagonlaridagi) bagajni 30 daqiqa ichida;
bitta yoʻlovchining qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona koʻrigi, bojxona koʻzdan kechiruvi hamda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1,5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Ushbu muddat quyidagi hollarda bojxona organi tomonidan 5 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin:
xavflarni boshqarish tizimining topshirigʻi asosida;
bojxona organiga yoʻlovchining noqonuniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganida;
olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd chet el valyutasi va valyuta boyliklarining nazoratini amalga oshirish maqsadida;
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida koʻrsatilgan bojxona nazoratining shakllarini qoʻllash natijasida yoʻlovchining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganligi alomatlari mavjudligi aniqlanganda.”.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-fevral,
235-son
Markaziy banki boshqaruvi raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-fevral,
5/14-son
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
1-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 10/25/3233-2/0234-son)