11.03.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2495-9
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2495-9]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-avgustdagi OʻRQ-948-son “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-iyundagi 358-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy sud va Bosh prokuratura bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil F. ESHMATOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 12-fevraldagi 78-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 69-band quyidagi tahrirdagi oʻn toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahkumlar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish huquqi beriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 196-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“196. JIEMda mahkumlarning ishdan boʻsh vaqtida oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishlari uchun Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan infokiosk (bundan buyon matnda infokiosk deb yuritiladi) tashkil etiladi hamda ushbu infokiosk har kuni ishlashi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum infokioskdan foydalanish uchun Face-ID identifikatsiya tizimi orqali yuz qiyofasidan uning shaxsi identifikatsiya qilinadi va unga infokioskning shaxsiy menyusiga kirish uchun shaxsiy identifikatsiya ID- raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy menyuda har bir mahkumga uning shaxsiy hisobida mavjud mablagʻ, oy davomida xarid qilish mumkin boʻlgan mablagʻ limiti hamda xaridlar tarixi aks ettiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 197-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“197. Mahkum oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish uchun infokioskning buyurtma menyusiga kirib, zarur mahsulotlarni tanlaydi va buyurtma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infokiosk orqali amalga oshirilgan buyurtmaning yetkazib berish muddati mahkumning shaxsiy menyusida koʻrsatiladi hamda infokiosk qurilmadan mahkumga buyurtma cheki chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma berilgan mahsulotning besh kun muddatda JIEMga yetib kelishi JIEM maʼmuriyati tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma berilgan mahsulot JIEMga yetib kelgandan soʻng ushbu mahsulot JIEM maʼmuriyati tomonidan mahkumlarga imzo qoʻydirilgan holda tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turmalarning kameralarida hamda umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlarida saqlanayotgan mahkumlarni infokioskga olib chiqish taqiqlanadi. Ular oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni, odatda, ijtimoiy xodim orqali planshetga oʻrnatilgan elektron dasturdan foydalanib sotib oladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 198-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi mazmundagi 2411 va 2412-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2411. JIEMning har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan binolarda, mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay boʻlgan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi oʻrnatiladi (bundan buyon matnda Ombudsman qutisi deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman qutisiga murojaatlarni mahkumlar toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzlari tashlaydi va mazkur murojaatlar JIEM maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2412. Ombudsman qutisi tegishincha faqat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) yoki uning Devoni xodimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoki uning kotibiyati xodimlari tomonidan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) yoki uning Devoni xodimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoki uning kotibiyati xodimlari tomonidan qutidan murojaatlarni olgandan soʻng ushbu qutining muhrlanishini taʼminlaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 21-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 10/25/2495-9/0230-son)