Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 15-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-dekabr kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 15-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 15-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 22-fevral,
SQ-81-V-son