Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1989-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 722-son “Budjet tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va shtatlar jadvalini shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 16-iyundagi 07-125-son, 64-son qarori (roʻyxat raqami 1989, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y, 30-31-son, 354-modda) bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-fevral,
1989-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-yanvar,
229-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 27-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 1989-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-yanvardagi 229-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“boshqaruv xodimlari — tashkilotlarda oʻz tuzilmasidagi muassasalarga va xodimlarga rahbarlik qiluvchi, boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi xodimlar;
yordamchi xodimlar — tashkilotlarda boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari faoliyatiga xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish va texnologik xizmat koʻrsatish jarayonlarini taʼminlash ishlarini bajarish, binolar va hududlarga texnik va xoʻjalik xizmatini koʻrsatish funksiyalarini bajaruvchi xodimlar hisoblanadi;”.
2. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi)lari tomonidan oʻsimliklar (koʻchatlar)ni ekish va ularni parvarish qilish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq belgilanadi.”.
3. 2-ilovaning 1-jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududlarni supurish uchun xodimlarning
MEʼYORLANGAN SONI
|
|
|
| 1-jadval |
Ish turi | Har 1000 kv.m maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada) | Oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobida) | Har 1000 kv.m maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatida) | Har 1000 kv.m maydonga yiliga belgilangan xodimning meʼyorlangan soni |
Hududda supuriladigan hamda tozalanadigan maydon | 100,1 | 110 | 183,5 | 0,09 |
Mazkur jadvalda hududlarni supurishda xodimlarning meʼyorlangan soni axlatni belgilangan joygacha transportirovka qilishni hisobga olgan holda bir yilda 1000 m2 maydonni supurishga sarflanadigan vaqtdan kelib chiqib hisoblangan.
Hududni supurishda band boʻlgan xodimlarning, talab etiladigan shtat birligini aniqlashda, haqiqatda supuriladigan maydon m2 da aniqlanadi.
Supuriladigan hududning haqiqiy maydoni 1000 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan son supuriladigan 1000 m2 maydonni supurish uchun zarur boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan soniga koʻpaytiriladi.”.
4. 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi)lari tomonidan oʻsimliklar (koʻchatlar)ni ekish va ularni parvarish qilish uchun xodimlarning
MEʼYORLANGAN SONI
Ish turi | Oʻlchov birligi | Har 100 kv.m maydonga (100 metr) nisbatan yillik vaqt meʼyorlari, soat* | Ishlab chiqarish meʼyori (kishi/soat) (1 bir/3 gr) | Har 1 ga (10 000 kv.m) maydonga xodimlar soni (100 kv.m * 4gr) | Bitta xodim bir yilda xizmat koʻrsatadigan meʼyor (10 000 kv.m/5 gr) | |
Koʻkalamzorlashtirilgan maydon (bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar hamda archa va bargli daraxtlar ekilgan maydonlar) | 100 kv.m | 31,25 | 0,032 | 3,20 | 3125 m2 | ”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2025-y., 10/25/1989-4/0226-son)