07.03.2025 yildagi PQ-96-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xotin-qizlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagilar hisobidan 2025-yilda qo‘shimcha 200 million AQSH dollari yo‘naltirilsin, bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ikki hafta muddatda yetti yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida jami 100 million AQSH dollari ekvivalentda, shundan AT “Xalq banki”ga 35 million AQSH dollari, “Mikrokreditbank” ATBga 30 million AQSH dollari va “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJga (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) 35 mln AQSH dollari miqdorida kredit resurslari ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Kompaniyaga ajratilgan mablag‘lar u tomonidan tadbirkor ayollarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foizlik punkt yuqori stavkada uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatgacha tijorat banklariga kredit resursi sifatida joylashtiriladi.
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tijorat banklari “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 million AQSH dollari jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, xotin-qizlarning loyihalarini moliyalashtirishga:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan mablag‘lar hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-96-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2025-y., 07/25/96/0225-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)