28.02.2025 yildagi 133-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq havo haroratining sovuq davrlarida respublikada tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj ortishini inobatga olgan holda ushbu davrda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari havo haroratidan kelib chiqib, oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh.

Havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, mazkur bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bazaviy meʼyorlarning amal qilish muddatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/133/0207-son)