1-ILOVA
ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Hududiy boshqarmalar | Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning koʻrigi natijasi boʻyicha kunduzgi parvarish xizmatiga yoʻnaltirishga xulosa berilgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun ehtiyojdan kelib chiqqan holda kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish boʻyicha eʼlon berib boradi. | Har chorakda kamida bir marta | |||
2-bosqich | Talabgor | Kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etmoqchi boʻlgan talabgor “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga kelgan holda murojaat qiladi. | Zaruratdan kelib chiqib | |||
3-bosqich | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi | Talabgorning murojaatiga asosan kunduzgi parvarish xizmatiga yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarning yosh toifasi va soni haqida maʼlumot beradi. | Talabgor murojaat qilgan vaqtda | |||
4-bosqich | Talabgor | Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish uchun tegishli hududiy boshqarmaga “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi. | Bitim tuzish istagidan kelib chiqib | |||
5-bosqich | “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli | 1. Talabgorga arizada koʻrsatilgan elektron pochta va (yoki) mobil telefon raqamiga arizaning ID-raqami va ariza qabul qilingan sana va vaqti koʻrsatilgan holda xabar joʻnatiladi. 2. Kunduzgi parvarish xizmatining joylashuvi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari hamda tuman (shahar) Favqulodda vaziyatlar boʻlimlariga elektron soʻrovlar joʻnatiladi. | Ariza tushgan kunning oʻzida | |||
6-bosqich | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari hamda tuman (shahar) Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari | Kunduzgi parvarish xizmatlarini joylashtirish uchun tanlangan manzilda faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalarni elektron shaklda “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduliga kiritadi. | Uch ish kuni mobaynida | |||
7-bosqich | “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli | Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari hamda tuman (shahar) Favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining xulosalari olinganidan soʻng ariza “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli orqali tegishli hududiy boshqarmaga taqdim etiladi. | Bir ish kunida | |||
8-bosqich | Hududiy boshqarmalar | 1. Talabgor jismoniy shaxsning ruhiy yoki narkologiya kasalliklari dispanserlarida hisobda turish-turmasligini aniqlaydi. 2. Kunduzgi parvarish xizmatiga subsidiya ajratish uchun tegishli moliya yilida Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hajmini hisobga olgan holda kunduzgi parvarish xizmati tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi boʻyicha xulosa tayyorlaydi va “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduliga kiritadi. | Oʻn ish kunida | |||
9-bosqich | “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli | 1. Hududiy boshqarmalar tomonidan kunduzgi parvarish xizmatlari tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi boʻyicha ijobiy xulosa “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduliga kiritilgandan soʻng avtomatik ravishda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shakllanadi va imzolash uchun talabgorga elektron xabar joʻnatiladi. | Hududiy boshqarmalar tomonidan xulosa kiritilgan kunda | |||
2. Talabgor “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli orqali taqdim etilgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga elektron imzo qoʻyganidan soʻng ushbu bitim elektron imzo qoʻyish uchun tegishli hududiy boshqarmaga avtomatik tarzda yuboriladi. | Talabgor tomonidan imzolangan kunda |
2-ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Xususiy sherik | 1. “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduliga kunduzgi parvarish xizmati va uning tarbiyalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi. 2. Jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish orqali tarbiyalanuvchilar davomatini belgilangan tartibda yuritadi. | Tarbiyalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab | |||
2-bosqich | “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli | 1. Kunduzgi parvarish xizmatiga qatnagan tarbiyalanuvchilarning davomati avtomatik tarzda shakllanadi. | Hisobot oyi davomida | |||
2. Kunduzgi parvarish xizmatiga qatnagan tarbiyalanuvchilar davomati boʻyicha maʼlumotlar elektron shaklda yigʻiladi, ajratiladigan subsidiya va toʻlanadigan kompensatsiya miqdorlari hisoblanadi. | Hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar | |||||
3. Subsidiya va kompensatsiyalarning toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi shakllanadi. | Hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar | |||||
3-bosqich | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Subsidiya va kompensatsiya summalari Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasining gʻazna hisobvaragʻidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali xususiy sherikning tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. | Ikki ish kunida | |||
2-ILOVA
Tashkilot STIRi | ___________ | |||||
Hudud nomi | ___________ | |||||
Tuman (shahar) nomi | ___________ | |||||
MFY nomi | ___________ | |||||
Uy raqami | ___________ | |||||
T/r | Tarbiyalanuvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar | Hisobot oyida | ||||
F.I.O. | Tugʻilgan sanasi | Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami | Tarbiyalanuvchining kunduzgi parvarish xizmatiga qatnagan kunlari soni | Subsidiya va kompensatsiyaning qatʼiy kunlik miqdori | Tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan subsidiya va toʻlanadigan kompensatsiya summasi (4 ust*5 ust) | |
a | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
1. | ||||||
2. | ||||||
... | ||||||
JAMI: | X | X | ||||
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi malaka oshirish kursini tugatganlik haqida
SERTIFIKAT
4-ILOVA
Direktor | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish boʻyicha direktor oʻrinbosari 1 | Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari 1 | Bosh yuriskonsult 0,5 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tibbiy reabilitatsiya xizmati boʻlimi* 20 | Bosh hisobchi 1 | Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis 0,5 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ijtimoiy reabilitatsiya xizmati boʻlimi* 10 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5-ILOVA
“ | |
601. | Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati |
”. |
2-ILOVA
T/r | Kasallik nomi | Xalqaro Kasalliklar Tasnifi (XKT-10) | Tavsiya etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining turi |
I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tibbiy koʻrsatmalar | |||
1. | Ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlar: | ||
a) Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlari; | F83 | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan, qoʻshma turdagi hamda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti. | |
B) Bolalar autizmi. | F84.0 | ||
2. | Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar: | ||
a) Yengil darajadagi aqliy zaiflik; | F70 | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan, qoʻshma turdagi hamda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti. | |
b) Moʻtadil aqliy zaiflik. | F71 | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan hamda qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti. | |
3. | Nutqdagi nuqsonlar: | ||
a) Ekspressiv nutqning buzilishi (nutq rivojlanishining birinchi darajali motor alaliyasi); | F80.1 | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan hamda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti. | |
B) Retseptiv nutqning buzilishi (sensor alaliya); | F80.2 | ||
v) Rinolaliya (nutq apparatining korreksiya boʻyicha operatsiyalardan keyingi holat); | R49.2 | ||
g) Oʻrtacha va ogʻir darajadagi duduqlik; | F98.5 | ||
d) Dizartriya (markaziy nerv tizimining organik shikastlanishi bilan); | R47.1 | ||
e) Bolalar afaziyasi. | F80.3 | ||
4. | Koʻrishida nuqsonlar: | ||
a) Koʻzi ojizlik (amovroz); | N54.1 | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan hamda qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti. | |
b) Tugʻma nuqsonlar: | Tibbiy koʻrsatmalar korreksiyadan soʻng bolaning koʻrish oʻtkirligi 0,2 gacha boʻlganda koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan hamda qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotiga, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha boʻlganda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkilotiga xulosa beriladi. | ||
Mikroftalm, Mikrokornea, Anoftalm; | Q11 | ||
Toʻr pardasining rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; | |||
Retinoblastoma | |||
Koloboma, preretinopatiya (chala tugʻilgan bolalar retinopatiyasi); | |||
Koʻrish nervining atrofiyasi; | N47.2 | ||
Koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi; | |||
Albinizm; | E70.3 | ||
Aniridiya; | Q13.1 | ||
v) Katarakta: | N26.0 | ||
Markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish; | |||
Artifakiya; | N27.0 | ||
Afakiya (koʻz gavhari yoʻqligi); | |||
Koʻz gavhari siljishi (joyi oʻzgarishi); | |||
koʻz gavharining chiqishi; | N27.1 | ||
g) Glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); | N40 — 42 | ||
d) Tugʻma miopiyaning yuqori darajasi; | N52.1 | ||
e) Gipermetropiyaning yuqori darajasi; | N52.0 | ||
j) Toʻr parda ajralishi, uning yorilishi yoki yirtilishlari; | N33 | ||
z) Nistagm. | N55 | ||
5. | Eshitishida nuqsonlar: | N90.3 | |
a) Koxlear implantatsiyadan keyin; | Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti. | ||
b) Neyrosensor eshitish zaifligining II darajasi (eshitishning 41 — 55 db gacha pasayishi), (quloqni protezlash); | |||
v) Neyrosensor eshitish zaifligining III darajasi (eshitishning 56 — 70 db gacha pasayishi), (quloqni protezlash); | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan, qoʻshma turdagi hamda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti. | ||
d) Neyrosensor eshitish zaifligining IV darajasi (eshitishning 91 db gacha pasayishi); | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan hamda qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti. | ||
e) Karlik yoki kar-soqovlik (eshitishning 91 db dan ortiq pasayishi). | |||
6. | Tayanch-harakat apparati nuqsonlari: | ||
a) 3 va 4 darajali skolioz (tugʻma va orttirilgan); | M41 | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan, qoʻshma turdagi hamda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti. | |
B) Koʻkrak qafasining 3 va 4 darajali girdobsimon deformatsiyasi; | |||
v) Koʻkrak qafasining 3 va 4 darajali kilsimon deformatsiyasi; | |||
g) 3 va 4 darajali kifoz; | M40 | ||
d) Artrogripoz; | Q74.3 | ||
e) Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3-4 daraja) va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; | G80 | ||
j) Bosh va orqa miya kasalliklari oqibatida kelib chiquvchi ortopedik deformatsiyalar (istisno monoplegiyalar); | |||
z) Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar); | M86 | ||
i) Ogʻir tugʻma maymoqlik (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar); | |||
k) Qoʻl va oyoqlarda jarohatdan keyingi boʻgʻimlar ogʻir darajadagi kontrakturasi; | |||
l) Ortopediyadagi suyak skeletining tizim kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); | Q77.4 | ||
m) Tugʻma son suyagi chiqishi (operativ davolashdan keyingi holat); | S73.0 | ||
n) Aniqlanmagan oyoq-qoʻl(lar) tugʻma anomaliyalari (tugʻma rivojlanish anomaliyasi oqibatida amputatsion choʻltoqlik (tayanch-harakat funksional yetishmovchiligiga olib keladigan). | Q74.9 | ||
II. “Gʻamxoʻrlik” guruhi uchun tibbiy koʻrsatmalar | |||
7. | GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4-5 darajadagi Bolalar serebral falaji boʻlgan bolalarda yengil va moʻtadil darajadagi aqliy zaiflik; | G80+F70/F71 | Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti. |
8. | Ogʻir darajadagi aqliy zaiflik. | F72 | |
9. | Chuqur aqliy zaiflik. | F73 | |
10. | Shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari. | F20 | |
11. | Tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan psixik yoki aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar boʻlgan bolalar. | ||
12. | Turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari. | ||
13. | Koʻr-kar-soqovlik. | ||
”; | |||
3-ILOVA
T/r | Kasallik nomi | Xalqaro Kasalliklar Tasnifi (XKT-10) | Tavsiya etilgan umumtaʼlim muassasasining turi |
I. Umumtaʼlim muassasasi uchun tibbiy koʻrsatmalar | |||
1. | Ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlar: | ||
a) Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlari; | F83 | Boshlangʻich tayanch korreksion va inklyuziv taʼlim sinflariga ega umumtaʼlim muassasasi. | |
b) Bolalar autizmi. | F84.0 | Boshlangʻich tayanch korreksion va inklyuziv taʼlim sinflariga ega umumtaʼlim muassasasi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati. | |
2. | Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar: | ||
a) Yengil darajadagi aqliy zaiflik; | F70 | Boshlangʻich tayanch korreksion va inklyuziv taʼlim sinflariga ega umumtaʼlim muassasasi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati. | |
b) Moʻtadil aqliy zaiflik. | F71 | ||
3. | Koʻrishida nuqsonlar: | ||
a) Koʻzi ojizlik (amovroz); | N54.1 | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati. | |
b) Tugʻma nuqsonlar: | Tibbiy koʻrsatmalar korreksiyadan soʻng bolaning koʻrish oʻtkirligi 0,2 gacha boʻlganda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatiga, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha boʻlganda boshlangʻich tayanch korreksion va inklyuziv taʼlim sinflariga ega umumtaʼlim muassasasiga xulosa beriladi. | ||
Mikroftalm, Mikrokornea, Anoftalm; | Q11 | ||
Toʻr pardasining rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; | |||
Toʻr pardasining xavfli oʻsmasi (retinoblastoma) | |||
Koloboma, preretinopatiya (chala tugʻilgan bolalar retinopatiyasi); | |||
Koʻrish nervining atrofiyasi; | N47.2 | ||
Koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi; | |||
Albinizm; | E70.3 | ||
Aniridiya; | Q13.1 | ||
v) Katarakta: | N26.0 | ||
Markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish; | |||
Artifakiya; | N27.0 | ||
Afakiya (koʻz gavhari yoʻqligi); | N27.0 | ||
Koʻz gavhari siljishi (joyi oʻzgarishi); | |||
koʻz gavharining chiqishi; | N27.1 | ||
g) Glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); | N40 — 42 | ||
d) Tugʻma miopiyaning yuqori darajasi; | N52.1 | ||
e) Gipermetropiyaning yuqori darajasi; | N52.0 | ||
j) Toʻr parda ajralishi, uning yorilishi yoki yirtilishlari; | N33 | ||
z) Nistagm. | N55 | ||
4. | Eshitishida nuqsonlar: | N90.3 | |
a) Koxlear implantatsiyadan keyin | Boshlangʻich tayanch korreksion va inklyuziv taʼlim sinflariga ega umumtaʼlim muassasasi. | ||
b) Neyrosensor eshitish zaifligining II darajasi (eshitishning 41 — 55 DB gacha pasayishi), (quloqni protezlash); | |||
v) Neyrosensor eshitish zaifligining III darajasi (eshitishning 56 — 70 DB gacha pasayishi), (quloqni protezlash); | Boshlangʻich tayanch korreksion va inklyuziv taʼlim sinflariga ega umumtaʼlim muassasasi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati. | ||
d) Neyrosensor eshitish zaifligining IV darajasi (eshitishning 91 DB gacha pasayishi); | Boshlangʻich tayanch korreksion sinflariga ega umumtaʼlim muassasasi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati. | ||
e) Karlik yoki kar-soqovlik (eshitishning 91 DB dan ortiq pasayishi). | |||
5. | Tayanch-harakat apparati nuqsonlari: | ||
a) 3 va 4 darajali skolioz (tugʻma va orttirilgan); | M41 | Boshlangʻich tayanch korreksion va inklyuziv taʼlim sinflariga ega umumtaʼlim muassasasi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati. | |
b) Koʻkrak qafasining 3 va 4 darajali girdobsimon deformatsiyasi; | |||
v) Koʻkrak qafasining 3 va 4 darajali kilsimon deformatsiyasi; | |||
g) 3 va 4 darajali kifoz; | M40 | ||
d) Artrogripoz; | Q74.3 | ||
e) Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 3-4 daraja) va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; | G80 | ||
j) Bosh va orqa miya kasalliklari oqibatida kelib chiquvchi ortopedik deformatsiyalar (istisno monoplegiyalar); | |||
z) Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar); | M86 | ||
i) Qoʻl va oyoqlarda jarohatdan keyingi boʻgʻimlar ogʻir darajadagi kontrakturasi; | |||
k) Ortopediyadagi suyak skeletining tizim kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); | Q77.4 | ||
l) Tugʻma son suyagi chiqishi (operativ davolashdan keyingi holat); | S73.0 | ||
m) Aniqlanmagan oyoq-qoʻl(lar) tugʻma anomaliyalari (tugʻma rivojlanish anomaliyasi oqibatida amputatsion choʻltoqlik (tayanch-harakat funksional yetishmovchiligiga olib keladigan). | Q74.9 | ||
II. “Gʻamxoʻrlik” guruhi uchun tibbiy koʻrsatmalar | |||
1. | GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4-5 darajadagi Bolalar serebral falaji boʻlgan bolalarda yengil va moʻtadil darajadagi aqliy zaiflik. | G80+F70/F71 | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati. |
2. | Ogʻir darajadagi aqliy zaiflik. | F72 | |
3. | Chuqur aqliy zaiflik. | F73 | |
4. | Shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari. | F20 | |
5. | Tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan psixik yoki aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar boʻlgan bolalar. | ||
6. | Turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari. | ||
7. | Koʻr-kar-soqovlik. | ||
”; | |||
3a-ILOVA
T/r | Kasallik nomi | Xalqaro Kasalliklar Tasnifi (XKT-10) |
1. | GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4-5 darajadagi Bolalar serebral falaji (G80) boʻlgan bolalarda yengil darajadagi aqliy zaiflik. | G80+F70 |
2. | Moʻtadil aqliy zaiflik. | F71 |
3. | Ogʻir darajadagi aqliy zaiflik. | F72 |
4. | Chuqur aqliy zaiflik. | F73 |
5. | Koʻr-kar-soqovlik. | |
”; |