24.02.2025 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2023-yil 23-noyabrdagi 619-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2023-yil 23-noyabrdagi 619-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2024-yil 11-noyabrdagi 326-son qaroriga asosan obyektlarni hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtkazish hamda shu asosda foydalanishga ruxsat berish ishlari 2024-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugungi kunda respublika buyicha 2 500 dan ortiq obyektda qurilish­-montaj ishlari roʻyxatdan oʻtmasdan amalga oshirilayotganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim hududlarda ijtimoiy, infratuzilma va ishlab chiqarish obyektlari, koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar barpo etilganligi hamda ulardan foydalanilayotganligi (aholi yashayotganligi) sababli obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirish zarurati yuzaga kelganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining obyektlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishmasdan va hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtkazmasdan, qurilish-montaj ishlari bajarilgan (qisman yoki toʻliq) bino va inshootlar buyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va xududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtkazish hamda shu asosda foydalanishga ruxsat berish ishlarini 2025-yil 1-iyulga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2023-yil 23-noyabrdagi 619-son qarorining 2-bandidagi “2024-yil 1-dekabrdan” soʻzlari “2025-yil 1-iyuldan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2025-y., 09/25/110/0189-son)