Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1236-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. QL-1223 va QL-1236-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
3. “Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
4. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1243-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
5. QL-1232 va QL-1243-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
7. “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1244-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
8. “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-15-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
9. “Tadbirkorlik subyektlari aynan bir huquqbuzarlik uchun bir necha marotaba javobgarlikka tortilishining oldini olish va soliq maʼmuriyatchiligining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-19-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
10. QL-1 va QL-19-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
11. “Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va valyutani tartibga solish liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
12. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-20-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
13. “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-25-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
14. “Aholini qalbaki mahsulotlardan himoya qilish hamda raqamli markirovkalash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-28-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
15. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilmagan qoʻshimcha tibbiy yordam koʻrsatishni huquqiy tartibga solish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-24-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
16. “Donorlik harakatini qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-31-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
17. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-33-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
18. Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z. Mahkamovaning “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-yanvar,
293-V-son