28.01.2025 yildagi KQ-50-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublika hududlari oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish, tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish orqali kambagʻallikni yanada qisqartirish boʻyicha joriy qilingan yangicha yondashuvlar oʻz samarasini bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2023-yildan boshlab 5-toifaga mansub Qoʻshrabot tumanidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning alohida tartibi joriy qilinishi hisobiga ularga 2023-2024-yillarda 12,7 mlrd soʻmlik soliq imtiyozlari berilgan. Natijada oʻtgan yilning oʻzida qariyb 700 ta tadbirkorlik subyekti tashkil qilinib, ularning soni 2,1 mingga yetgan, 1 mingga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda investitsiya dasturlari doirasida 35,4 mln dollarlik 41 ta loyiha ishga tushirilgan. 23,6 mln dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan (2023-yilda 2 mln dollar), eksport hajmi oʻtgan yilga nisbatan qariyb 1,5 barobarga oʻsib, 3,5 mln dollardan oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat 109,5 foizga, qurilish 114,5 foizga, xizmatlar 112,4 foizga, qishloq xoʻjaligi 105,9 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq tumanda 85 mln dollarlik 3 ta yirik sanoat loyihasini ishga tushirish choralari koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 54,2 mlrd soʻmlik imtiyozli kredit va 1,5 mlrd soʻmlik subsidiya mablagʻlari ajratilgan. “Biznesga birinchi qadam” dasturi boʻyicha oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga 8,2 mlrd soʻmlik mikroqarzlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarini joriy qilish boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 10 ta mahalla sanoat va qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashtirilgan, 1,2 ming aholi rasmiy band boʻlgan. 2 ta mahallada mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi mehmon uylari va dam olish maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy bandlik dasturi doirasida 8,8 ming aholining doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish oʻrinlarida bandligi taʼminlanishi hisobiga ishsizlik darajasi 7,0 foizdan 5,2 foizga kamaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida 8 ta maktab, 1 ta maktabgacha taʼlim hamda sogʻliqni saqlash obyektlarida 20 mlrd soʻmdan ziyod qurilish ishlari bajarilgan. 63 km ichki yoʻllar taʼmirlangan, 4 ta koʻprik qurilgan, 18 km ichimlik suvi va 68 km elektr tarmoqlari tortilgan, 17 ta transformator oʻrnatilib, 102 tasi mukammal taʼmirdan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolarini hal etish, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish yoʻnalishida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 3,1 ming nafar xotin-qizga hamda “Yoshlar daftari”dagi 729 nafar yoshga amaliy yordam koʻrsatilgan. Ushbu maqsadlar uchun 1,8 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetda 13,3 mlrd soʻmdan ziyod qoʻshimcha daromad shakllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarida tumandagi qariyb 17 ming aholi faol qatnashib, ular tomonidan ilgari surilgan 19 ta loyiha uchun 24,5 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2024-yil yakuni bilan 2,3 ming oila (10,7 ming aholi) kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasini 16,2 foizdan 7,9 foizga tushirishga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga tahlillar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish dasturlari doirasida oʻz yechimini kutib turgan ayrim masalalar hamda ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hududlarida elektr taʼminotini yaxshilashga oid “yoʻl xaritasi”da Qoʻshrabot tumanida 48,4 ming aholini, 643 ta tadbirkorlik subyektini hamda 301 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan 25 ta yirik loyihani (8 mingta ish oʻrni) barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash yuzasidan berilgan topshirigʻi boʻyicha “Qoʻshrabot” podstansiyasiga 1 dona 35/10 kVa 4 MVtli qoʻshimcha transformator oʻrnatish va tarmoqqa ulash ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kambagʻal oilalarga garovsiz va foizsiz noutbuklar ajratish, kambagʻal oila aʼzosi boʻlgan yoshlarning tafakkurini kengaytirishga, xorijiy tillarni va matn, jadval hamda grafiklarni tayyorlash va tahrirlash dasturlarini, shuningdek, dasturlash koʻnikmalarini oʻrganishga asoslangan oʻquv kurslari majmualarini har bir noutbukka oʻrnatish ishlari kechiktirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, dasturning kambagʻal oilalar aʼzolarining kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanishini taʼminlash doirasida tumanda tibbiy yordamga muhtoj 152 nafar xotin-qiz aniqlangan boʻlib, ularning 102 nafariga tibbiy xizmat koʻrsatilgan boʻlsa-da, qolgan 50 nafari viloyat va respublika shifoxonalarida davolanishga ehtiyoji mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda 2021-2022-yillarda tashkil qilingan kichik sanoat zonalari zarur infratuzilma bilan taʼminlanmagani sababli bugungi kunga qadar 3 ta kichik sanoat zonasidan 2 tasida birorta loyiha amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, tumanning “Navkat” va “Xonnazar” mahallalarida tashkil qilingan kichik sanoat zonalari yer toifasini oʻzgartirish, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini tortish, avtomobil yoʻllarini qurish masalalari hal qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini Samarqand viloyatida sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida Qoʻshrabot tumanida yer maydonlarini oʻzlashtirish hisobiga qoʻy va echkichilik klasterlarini tashkil etish vazifasi bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida boʻsh turgan jami 4 ta obyekt 6 oydan 2 yilgacha boʻlgan muddatda bir necha marotaba auksionga chiqarilganiga qaramasdan sotilmagan. Vaholanki, bugungi kunda ushbu binolarning dastlabki qiymati 90 foizgacha kamaytirilgan, shuningdek, tumanning 5-toifaga mansubligidan kelib chiqib, obyekt qiymatini 5 yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 1-yanvar holatiga mavjud 1,3 ming kichik biznes subyektining 43 foizi faoliyat yuritmaydi, 2024-yilda 80 ga yaqin tadbirkor faoliyatini tugatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 2024-yilda faoliyatini boshlagan 491 ta yakka tartibdagi tadbirkorning 41 foizi faoliyatini 2-3 oy ichida toʻxtatib qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norasmiy bandlikning ulushi yuqoriligi sababli xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga “dekret” nafaqalarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman toʻlash tizimidan tuman boʻyicha 2023-yilda bor-yoʻgʻi 33 nafar, 2024-yilda esa 28 nafar ayol foydalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 ta mahallada kambagʻal oila aʼzolariga umuman subsidiya mablagʻlari ajratilmagan. Vaholanki, ushbu tumanlarda 150 dan ortiq kambagʻal oilalar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 1-yanvar holatiga jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soligʻidan mavjud qarzdorligi 7,3 mlrd soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan qariyb 7,4 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilgi tashabbusli budjet dasturi doirasida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Sorigul” MFYdagi Bogojot va Sorigul qishloqlarida qiymati 1,3 mlrd soʻmlik sunʼiy qoplamali mini-futbol maydonchasini qurish loyihasi boʻyicha ishlar hanuzgacha boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Qoʻshrabot tumani Kengashi tomonidan 2024-yil mobaynida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash dasturlari ijrosini oʻrganish boʻyicha nazorat-tahlil tadbirlari deyarli oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A. Boboyev va sektor rahbarlarining kambagʻallikdan holi hududga aylantirish boʻyicha “Qoʻshrabot tajribasi” toʻgʻrisidagi taqdimoti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Qishloq xoʻjaligi, Energetika, Sogʻliqni saqlash, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Raqamli texnologiyalar vazirliklari, Markaziy bank, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, Avtomobil yoʻllari qoʻmitalari, Samarqand viloyati hamda Qoʻshrabot tumani hokimliklariga Qoʻshrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida belgilangan ayrim vazifalarning ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda viloyat hokimligi Samarqand viloyati hududlarining elektr taʼminotini yaxshilashga oid “yoʻl xaritasi”da belgilangan Qoʻshrabot tumanida aholi va tadbirkorlik subyektlarini hamda xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan yirik loyihalarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlarini jadallashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida joriy yilning 1-martiga qadar kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun garovsiz va foizsiz qarz ajratish tartibini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini Samarqand viloyatida sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida Qoʻshrabot tumanida yer maydonlarini oʻzlashtirish hisobiga qoʻy va echkichilik klasterlarini tashkil etish imkoniyatlarini chuqur tahlil qilgan holda, sohani rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand viloyati va Qoʻshrabot tumani hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda investitsiya dasturlari doirasida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish rejasining toʻliq bajarilishini, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar doirasida imzolangan kelishuvlar asosidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “yoʻl xaritalari”da belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan 4 ta boʻsh turgan bino va inshootga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Samarqand viloyati hamda Qoʻshrabot tumani hokimliklari bilan birgalikda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida belgilanganidek, kambagʻal oilalar aʼzolarining kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanishini taʼminlash doirasida tumanda aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj, ogʻir kasalliklarga chalingan 50 nafar xotin-qizni viloyat va respublika shifoxonalarida davolash masalasini manzilli ravishda tashkil etsin va natijasi yuzasidan joriy yilning 1-martiga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoʻshrabot tumani hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilda tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlar doirasida 1,6 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish, kambagʻallik darajasini 5,1 foizga tushirish boʻyicha zarur choralarni belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatmayotgan va faoliyatini vaqtincha toʻxtatib qoʻygan, ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanmayotgan tadbirkorlik subyektlarini oʻrganib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norasmiy band boʻlgan aholining mehnat faoliyatini legallashtirish, xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga “dekret” nafaqalarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman toʻlash tizimidan foydalanish boʻyicha nazorat va targʻibot ishlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tashkil qilingan “mahalla budjeti” jamgʻarmalariga mablagʻlarni undirish yuzasidan mahalla yettiligining masʼuliyatini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz aholini kasb-hunarlarga oʻqitish asosida daromadli ish bilan band qilishga koʻmaklashish maqsadida tumanning “drayver” sohalari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet dasturi doirasida “Sorigul” MFYdagi Bogojot va Sorigul qishloqlarida qiymati 1,3 mlrd soʻmlik sunʼiy qoplamali mini-futbol maydonchasini qurish ishlarini jadallashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navkat va Xonnazar mahallalarida tashkil qilingan kichik sanoat zonalari yer toifasini oʻzgartirish, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini tortish, avtomobil yoʻllarini qurish masalalarini nazoratga olib, bosqichma-bosqich amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan dastlabki axborotni joriy yilning 25-iyuliga hamda yakuniy maʼlumotni 30-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq deputatlari Samarqand viloyati va Qoʻshrabot tumani Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman Kengashlari huzuridagi Kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha komissiya tomonidan tumanda ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalar hamda kambagʻallik darajasini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda kamida bir marta Komissiya majlislarida monitoring natijalari muhokamasini tashkil etish hamda mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlarining mazkur yoʻnalishdagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlari eshitilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta ushbu masalani Kengash sessiyasida muhokama qilinishini tashkil qilish, ortda qolayotgan masalalar boʻyicha qoʻshimcha choralarni belgilab borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-50-V-son