Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga baʼzi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining, shu jumladan elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlashga hamda javobgarlik belgilashga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-23-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 17-dekabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga baʼzi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining, shu jumladan elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlashga hamda javobgarlik belgilashga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-23-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-yanvar,
264-V-son