Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JISMONIY ShAXSLARGA MULK HUQUQIDA TEGIShLI BOʻLGAN BINOLAR VA INShOOTLAR BOʻYIChA ROʻYXATGA OLISh-BAHOLASh IShLARINI AMALGA OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq solish tizimini takomillashtirish uchun binolar va inshootlarni baholash hamda qayta baholash ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni kodlashning yagona tizimi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli boʻlgan binolar va inshootlarning quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha va koʻrsatilgan muddatlarda baholanishini va qayta baholanishini:
a) hududiy texnik roʻyxatga olish byurolarida mavjud boʻlgan baholash-roʻyxatga olish materiallari boʻyicha turar-joy binolari va inshootlarni qayta baholashni 1998-yil 1-avgustgacha;
b) yangidan qurilgan va hududiy texnik roʻyxatga olish byurolarida hisobda boʻlmagan turar-joy binolari va inshootlarni texnik roʻyxatga olish, baholash va qayta baholashni 1998-yil 1-noyabrgacha;
v) texnik roʻyxatga olish byurosi organlarida ilgari texnik roʻyxatga olingan imoratlar, turar-joy binolari va inshootlarni texnik roʻyxatga olish, shu jumladan, ular tarkibidagi oʻzgarishlarni baholashni 2-ilovaga* muvofiq bosqichma-bosqich 2000-yil 1-yanvargacha;
* 2-ilova keltirilmaydi.
g) turar-joy boʻlmagan binolar va inshootlar (ofis, savdo, omborxona, ishlab chiqarish binolari va inshootlari va boshqalar)ni koʻchmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan roʻyxatga olib baholashni 1998-yil 1-noyabrgacha taʼminlasinlar;
jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan turar-joy boʻlmagan binolar va inshootlarni baholash meʼyorlari toʻplamini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli boʻlgan barcha binolar va inshootlarning roʻyxatga olish, baholash va qayta baholash uchun toʻla qamrab olinishini taʼminlasinlar va tegishli koʻchmas mulk kadastri xizmatlariga va texnik roʻyxatga olish byurolariga ishlarni olib borish uchun zarur boʻlgan arxiv hujjatlari va materiallarni taqdim etsinlar.
4. Asoslangan hisob-kitoblar asosida va xarajatlarning koʻpayishiga qarab 2-bandning “a” kichik bandi boʻyicha bino va inshootlarni qayta baholashga oid xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi nisbatlarda:
50 foizi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga;
20 foizi “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi mablagʻlari hisobiga;
30 foizi “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
6. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi xoʻjalik hisobi asosida ishlaydigan, xodimlari soni 8 kishidan iborat boʻlgan Texnik roʻyxatga olish respublika kadastr byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Texnik roʻyxatga olish respublika kadastr byurosi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
7. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda jismoniy shaxslarning yangidan quriladigan binolari va inshootlarini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar.
8. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-yil 1-martgacha, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, mol-mulkni baholash davlat standartlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq tayyorlasin va koʻrib chiqish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga taqdim etsin.
9. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi:
mol-mulkni baholash davlat standartlarining ilmiy ishlanmalarini va jismoniy щaxslar mulki boʻlgan turar-joy boʻlmagan binolar va inshootlarni baholash meʼyorlari toʻplamini mablagʻlar bilan taʼminlash uchun Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga respublika budjetidan mablagʻlar ajratishni;
1998-yilda hududiy texnik roʻyxatga olish byurolari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 3-ilovaga* muvofiq 68,82 mln. soʻm ajratishni nazarda tutsinlar.
* 3-ilova keltirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
11. Belgilansinki, 1998-yilda texnik roʻyxatga olish byurosi organlari tomonidan fuqarolarning mol-mulkini baholashga oid hujjatlar soliq organlariga taqdim etilganda ular tomonidan soliq toʻlovchilarga soliqni toʻlash muddati 1998-yil 15-dekabrgacha boʻlgan toʻlov xabarnomalari yil davomida yozib berilishi va taqdim etilishi mumkin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-yanvar,
35-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
21-yanvardagi 35-son qaroriga
1-ILOV A
21-yanvardagi 35-son qaroriga
1-ILOV A
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni kodlashtirishning yagona
TIZIMI
Yer maydonlari, binolar va inshootlarni kodlashtirishning yagona tizimi davlat boshqaruvi organlarining statistika va idoraviy hisobotlarida, shuningdek, yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻchmas mulk kadastri xizmatlarida, texnik roʻyxatga olish byurosida foydalanish uchun moʻljallangan.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni kodlashtirishning yagona tizimi yer uchastkalarining, shuningdek, u yerlardagi binolar va inshootlarning qaytarilmaydigan kodlari (kadastr raqamlari)ni shakllantirish prinsiplarini oʻz ichiga oladi.
Yer uchastkasining kodi (kadastri raqami) hozirgi vaqtda statistika organlari tomonidan qoʻllaniladigan maʼmuriy-hududiy boʻlinish obyektlarini belgilash tizimi kodiga olti razryad qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi. Ulardan dastlabki ikki razryad qishloq (qishloq yigʻini), mavze yoki mahalla (shaharda) kodini, keyingi toʻrt razryad — yer uchastkasining raqamini anglatadi.
Binolar, inshootlarning kodi (kadastr raqami) ular joylashgan yer uchastkasi kodiga toʻrt razryad — sxemaga muvofiq bino va inshootlarning raqamlarini qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kodlari (kadastr raqamlari)ni shakllantirish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.