Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JISMONIY ShAXSLARGA MULK HUQUQIDA TEGIShLI BOʻLGAN BINOLAR VA INShOOTLAR BOʻYIChA ROʻYXATGA OLISh-BAHOLASh IShLARINI AMALGA OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq solish tizimini takomillashtirish uchun binolar va inshootlarni baholash hamda qayta baholash ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni kodlashning yagona tizimi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-yanvar,
35-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
21-yanvardagi 35-son qaroriga
1-ILOV A
21-yanvardagi 35-son qaroriga
1-ILOV A
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni kodlashtirishning yagona
TIZIMI
Yer maydonlari, binolar va inshootlarni kodlashtirishning yagona tizimi davlat boshqaruvi organlarining statistika va idoraviy hisobotlarida, shuningdek, yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻchmas mulk kadastri xizmatlarida, texnik roʻyxatga olish byurosida foydalanish uchun moʻljallangan.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni kodlashtirishning yagona tizimi yer uchastkalarining, shuningdek, u yerlardagi binolar va inshootlarning qaytarilmaydigan kodlari (kadastr raqamlari)ni shakllantirish prinsiplarini oʻz ichiga oladi.
Yer uchastkasining kodi (kadastri raqami) hozirgi vaqtda statistika organlari tomonidan qoʻllaniladigan maʼmuriy-hududiy boʻlinish obyektlarini belgilash tizimi kodiga olti razryad qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi. Ulardan dastlabki ikki razryad qishloq (qishloq yigʻini), mavze yoki mahalla (shaharda) kodini, keyingi toʻrt razryad — yer uchastkasining raqamini anglatadi.
Binolar, inshootlarning kodi (kadastr raqami) ular joylashgan yer uchastkasi kodiga toʻrt razryad — sxemaga muvofiq bino va inshootlarning raqamlarini qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kodlari (kadastr raqamlari)ni shakllantirish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.