Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-17]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-yanvar,
219-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 15-yanvardagi 219-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 19-bandning birinchi xatboshisi va 31-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 77-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77. 7 039 000 “Boshqa toifalarga kiritilmagan jamoat tartibi va xavfsizligi masalalari” boʻlimi boʻyicha kapital qoʻyilmalarga xarajatlar, jumladan, budjet ajratmalari, budjet ssudalari va boshqa manbalar hisobidan kapital qoʻyilmalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazini saqlash xarajatlari va boshqa xarajatlar aks ettiriladi.”.
3. 115-banddagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 116-banddagi “muassasalarini” degan soʻz “tashkilotlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 136-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41 11 210 “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim tashkilotlarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari;”.
6. 137-bandda:
birinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional taʼlimi muassasalarining” degan soʻzlar “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “professional taʼlimi muassasalarining” degan soʻzlar “professional davlat taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “umumtaʼlim, oʻrta-maxsus, professional taʼlimi muassasalari” degan soʻzlar “umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 168-bandning birinchi xatboshisidan “, nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlar (46 30 000 modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8. 169-banddan “, 46 30 000 “Nodavlat notijorat tashkilotlarga” moddasi esa joriy (46 31 000 kichik modda) va kapital grantlar (46 32 000 kichik modda) kichik moddalaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. 184-bandning beshinchi xatboshisidagi “oʻquv yurtlarida” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 1-ilovada:
1) 3 034 0 1 qator raqami 3 034 1 0 raqami bilan almashtirilsin;
2) 3 040 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi”;
3) 3 041 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”;
4) 3 051 0 0 qatordagi “yoshlarni ijtimoiy” degan soʻzlar “xotin-qizlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3 056 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 057 0 0 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi;
3 057 1 0 Respublika mablagʻlari”;
6) 3 073 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 074 0 0 “Markazlashtirilgan issiqlik tizimi infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi”;
3 074 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 074 2 1 Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 075 0 0 Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi;
3 075 1 0 Respublika mablagʻlari”;
7) 4 011 0 0 qatordagi “Umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 4 015 0 0 qatordagi “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 4 800 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“4 900 0 0 Budjet mablagʻlar manbai boʻyicha chet el valyutasidagi mablagʻlar;
4 900 1 0 Respublika mablagʻlari”;
10) 6 000 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“6 100 0 0 Loyiha ofisi mablagʻlari;
6 100 1 0 Respublika mablagʻlari”.
11. 2-ilovada:
1) 3 151 203 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimi boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar”;
2) 3 151 206 qator “Eksport” degan soʻzdan keyin “bojxona” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
3) 3 151 207 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa bojxona rejimlari (“erkin muomalaga chiqarish (import)” va “eksport” bojxona rejimlaridan tashqari) boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar”;
4) 3 422 234 qatordagi “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3 422 235 qatordagi “muassasalarini” degan soʻz “tashkilotlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 3 422 964 va 3 422 965 qatorlardagi “Oliy taʼlim muassasalariga” degan soʻzlar “Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 3 423 105 qatordagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 3 430 109 qatordagi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 3 430 149 qatordagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 3 430 121 qatordan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 3 620 119 qatordagi “Umumtaʼlim” degan soʻz “Umumiy oʻrta taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 4-ilovada:
1) 7 011 211 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 011 212 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boʻlinmalarini saqlash xarajatlari”;
2) 7 011 313 qatordagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 7 011 330 va 7 011 331 qatorlardan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 7 018 507 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjetidan boshqa budjetdan tashqari davlat jamgʻarmalariga beriladigan mablagʻlar”;
5) 7 018 522 qatordagi “Umumtaʼlim” degan soʻz “Umumiy oʻrta taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 7 018 526 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 018 527 Davlat maqsadli jamgʻarmalarining tijorat banklari depozitlariga qoʻyilgan vaqtinchalik boʻsh mablagʻlar;
7 018 532 Respublika budjetidan kredit resurslari uchun ajratilgan mablagʻlar”;
7) 7 019 911 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 019 912 Loyiha ofisi xarajatlari”;
8) 7 036 900 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 036 903 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasini saqlash xarajatlari;
7 036 904 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini saqlash xarajatlari”;
9) 7 039 920 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazini saqlash xarajatlari”;
10) 7 041 908 qatordagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan soʻzlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 7 042 107 qatordagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 7 042 201 va 7 042 204 qatorlardagi “Tabiat resurslari” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 7 042 405 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 042 407 Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligini saqlash xarajatlari;
7 042 408 Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamentini saqlash xarajatlari”;
14) 7 043 202 va 7 043 203 qatorlardagi “Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 7 045 197 qatordagi “Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini” degan soʻzlar “Transport nazorati inspeksiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 7 045 207 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 045 208 Obodonlashtirish boshqarmalarining Ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash uchastkasini saqlash xarajatlari”;
17) 7 047 500 qatordagi “Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 7 047 902 qator chiqarib tashlansin;
19) 7 047 904 qatordagi “Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 7 051 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 051 200 Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini saqlash xarajatlari”;
21) 7 071 301 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Protezlash, nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy va reabilitatsiya jihozlari, uskunalari, vositalarini xarid qilish va yetkazish hamda davolash xarajatlari”;
22) 7 072 304 qator chiqarib tashlansin;
23) 7 074 100 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi”;
24) 7 076 902 qatordagi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” degan soʻzlar “Sogʻliqni saqlash vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 7 083 610 qatordagi “Bolalar-oʻsmirlar sport” degan soʻzlar “Sport” degan soʻz bilan almashtirilsin;
26) 7 083 620 qatordan “bolalar va oʻsmirlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
27) 7 092 600 qatordagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 7 094 100 qatordagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
29) 7 096 413 va 7 096 424 qatorlardagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
30) 7 096 414 qatordagi “muassasalarini” degan soʻz “tashkilotlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
31) 7 096 415 va 7 096 417 qatorlardagi “umumtaʼlim” degan soʻz “umumiy oʻrta taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32) 7 096 416, 7 096 421, 7 096 422, 7 096 423, 7 096 516 va 7 096 526 qatorlardagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
33) 7 096 427, 7 096 428, 7 096 511 va 7 096 521 qatorlardagi “Umumtaʼlim” degan soʻz “Umumiy oʻrta taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) 7 096 425, 7 096 426, 7 096 513 va 7 096 523 qatorlardagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35) 7 096 516 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 096 517 Maktabgacha taʼlim tashkilotlari”;
36) 7 103 600 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ayrim toifadagi isteʼmolchilarga yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari oʻzgarishi munosabati bilan beriladigan moddiy yordam”;
37) 7 106 212 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 106 213 Bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq uchun elektr energiyasiga kompensatsiya toʻlovlari;
7 106 214 Bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq uchun tabiiy gazga kompensatsiya toʻlovlari”;
38) 7 107 900 qatordagi “va Xorazm viloyati” degan soʻzlar “, viloyatlar va Toshkent shahri” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
39) 7 109 950 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Migratsiya jamgʻarmasi”.
13. 5-ilovada:
1) 41 11 210 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim tashkilotlarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari”;
2) 41 11 230 qatordagi “Maktabgacha taʼlim” degan soʻzlar “Budjet” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 46 21 300, 46 21 310 va 46 21 320 qatorlar chiqarib tashlansin;
4) 46 42 140 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“46 42 300 Budjetlararo transfertlar;
46 42 310 Davlat maqsadli jamgʻarmalari;
46 42 320 Boshqa maqsadli jamgʻarmalar”.
14. 5a-ilovada:
1) 41 11 210 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim tashkilotlarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari”;
2) 41 11 230 qatordagi “Maktabgacha taʼlim” degan soʻzlar “Budjet” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 46 42 140 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
4) 46 21 300, 46 21 310 va 46 21 320 qatorlar chiqarib tashlansin;
“46 42 300 Budjetlararo transfertlar;
46 42 310 Davlat maqsadli jamgʻarmalari;
46 42 320 Boshqa maqsadli jamgʻarmalar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 10/25/2146-17/0158-son)