Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006-yil 12-yanvar) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-43-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 16-yanvarda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006-yil 12-yanvar) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-43-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-yanvar,
346-V-son