Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BOLALI OILALARGA DAVLAT IJTIMOIY YORDAMI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 16-iyundagi PF—871-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 1-sentabrdan boshlab 1-ilovaga muvofiq nafaqalar va toʻlovlar bekor qilinsin.
2. 16 yoshgacha bolalari boʻlgan barcha oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bir hafta muddatda budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarda ishlovchi va ishlamaydigan ayollarga bola ikki yoshga yetgungacha ularni parvarishlash uchun har oylik nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishga oid takliflarni tayyorlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-iyun,
308-son
Bolalar uchun moʻljallangan hamda bekor qilinishi lozim boʻlgan amaldagi nafaqalar, kompensatsiyalar va imtiyozlar
POʻYXATI
1. Bir yillik ish stajiga ega boʻlgan ishlovchi onalarga (stajdan qatʼi nazar, 18 yoshga toʻlmagan ayollarga), shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotgan onalarga bola 1,5 yoshga yetgungacha uni parvarishlash uchun berilayotgan har oylik nafaqalar;
muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarning bolalariga;
vasiylikka (homiylikka) olingan bolalarga;
bolalar uylari (maktab-internatlar)ning sobiq tarbiyalanuvchilari boʻlgan yolgʻiz onalar (beva ayol va erkaklar)ning bolalariga berilayotgan har oylik nafaqalar.
2. 6 yoshdan 16 yoshgacha bolalari (stipendiya olmaydigan 18 yoshgacha oʻquvchi bolalari) boʻlgan yolgʻiz onalarga;
ota-onalari aliment toʻlashdan boʻyin tovlayotgan yoki qonunda koʻzda tutilgan va aliment undirishning iloji boʻlmagan holatlarda 6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalarga berilayotgan oylik nafaqalar.
3. Bir yillik ish stajiga ega boʻlmagan ishlovchi onalarga ishlamaydigan ayollarga bola 1,5 yoshga yetgungacha uni parvarishlash uchun berilayotgan har oylik nafaqalar;
bir yarim yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga;
6 yoshgacha bolalari boʻlgan yolgʻiz onalarga;
ota-onalari aliment toʻlashdan boʻyin tovlayotgan yoki qonunda koʻzda tutilgan va aliment undirishning iloji boʻlmagan boshqa holatlarda 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga berilayotgan har oylik nafaqalar.
4. Ijtimoiy taʼminotning amaldagi tizimiga binoan nafaqa, pensiyalar olmayotgan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar (stipendiya olmayotgan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar)ga berilayotgan har oylik toʻlovlar.
5. Bolalar uchun moʻljallangan tovarlar va maktab formasi qimmatlashganligi uchun voyaga yetmagan bolali oilalarga har chorakda berilayotgan kompensatsiya toʻlovlari:
6 yoshgacha boʻlgan bolalarga;
6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalarga:
kunduzgi umumtaʼlim maktablarining 13 yoshdan katta boʻlgan oʻquvchilariga;
hunar-texnika bilim yurtlarining kiyim-bosh va ovqat bilan taʼminlanmaydigan oʻquvchilariga;
13 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga:
texnikumlar, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilariga, oliy oʻquv yurtlari talabalariga;
mehnat daftarchasiga ega boʻlgan ishlovchi yoshlarga;
nogironligi boʻyicha pensiya yoki nafaqa oluvchi yoshlarga.
6. Kam taʼminlangan oilalarning 2 yoshgacha boʻlgan bolalariga berilayotgan bepul ovqat.
7. Umumtaʼlim maktablarining birinchi—beshinchi sinflari oʻquvchilari uchun berilayotgan bepul nonushtalar.
8. 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga berilayotgan bepul dori-darmonlar.
9. Bolani parvarishlash uchun taʼtilda boʻlgan ishlovchi onalarga berilayotgan kompensatsiya toʻlovlari.
10. Bolalarga moʻljallangan tovarlarning 50 foizli chegirmalari.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
20-iyundagi 308-son qaroriga
2-ILOVA
20-iyundagi 308-son qaroriga
2-ILOVA
16 yoshgacha bolalari boʻlgan barcha oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 16-iyundagi PF–871-son Farmoniga muvofiq joriy etilgan bolali oilalarga har oylik nafaqa tayinlash va toʻlashning yagona tartibini belgilaydi.
2. Har oyda beriladigan nafaqa oʻzlari bilan doimiy yashovchi farzandlari, farzandlikka va vasiylikka (homiylikka) olingan 16 yoshgacha bolalari boʻlgan barcha oilalarga tayinlanadi va toʻlanadi.
Har oylik nafaqa boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan bolalariga pensiya, tugʻma nogiron bolalariga pensiya va ijtimoiy pensiyalarning boshqa turlari, alimentlarni olishdan qatʼi nazar, bolali oilalarga tayinlanadi va toʻlanadi.
3. Oilaga beriladigan har oylik nafaqaning miqdori oiladagi bolalarning soniga qarab hisoblanadi va ish haqining eng kam miqdoriga nisbatan quyidagi foiz nisbatlarida belgilanadi:
a) bir bolali oilaga — 10 foiz miqdorida;
b) ikki bolali oilaga — 20 foiz miqdorida
v) uch-toʻrt bolali oilaga . — 40 foiz miqdorida;
g) besh va undan ortiq bolali oilaga — 50 foiz miqdorida.
4. Quyidagi holatlarda nafaqa toʻlanmaydi:
a) bolalar toʻliq davlat taʼminotida boʻlganda. Agar oiladagi barcha bolalar toʻliq davlat taʼminotida boʻlmasa, nafaqa toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan (ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qaramogʻida boʻlgan) bolalarga hisoblab toʻlanadi;
b) ota-onasi qonunda belgilangan tartibda ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan oilalarga;
v) ota-onasi doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshinlarida xizmatni oʻtayotgan va ishlayotgan, boshqa davlatlarning hududida vaqtincha turgan, Oʻzbekiston Respublikasining elchixonalari, konsulxonalari, vakolatxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, boshqa davlatlarning hududida doimiy yoki vaqtincha turgan shaxslardan tashqari) bolalariga.
Bolalar ota-onasidan biri (vasiy, homiy kishisi) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgan boʻlsa, bolali oilalarga beriladigan har oylik nafaqa ana shu ota yoki onaga (vasiyga, homiyga) toʻlanadi.
Bolali oilalarga har oyda toʻlanadigan nafaqa tayinlanishi uchun murojaat qilish
5. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza onaning ish (xizmat, oʻqish) joyiga, agar ona ishlamasa (xizmat qilmasa, oʻqimasa), ota (vasiy yoki homiy)ning ish (xizmat, oʻqish) joyiga beriladi.
Ota-onasi (vasiy, homiy kishisi) ishlamaydigan bolali oilalarga har oyda toʻlanadigan nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bolalari oʻzi bilan birga yashaydigan ota yoki ona {vasiy, homiy)ning istiqomat joyidagi ijtimoiy taʼminot organlariga beriladi.
Ota-onasi Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshinlarida xizmatni oʻtayotgan yoki ishlayotgan, boshqa davlatlarning hududida vaqtincha turgan, Oʻzbekiston Respublikasining elchixonalari, konsulxonalari, vakolatxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, boshqa davlatlarning hududida doimiy yoki vaqtincha turgan boʻlsa, har oyda toʻlanadigan nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza ularning xizmat (ish) joyiga beriladi.
6. Nafaqa olish uchun murojaat qilgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza;
b) oila aʼzolarining soni toʻgʻrisida istiqomat joyidan maʼlumotnoma;
v) bolalarning tugʻilish guvohnomalarining nusxalari;
g) vasiylik (homiylik)da boʻlgan bolalarga nafaqa tayinlash chogʻida vasiylik (homiylik) huquqini belgilovchi idoralarning qaroridan koʻchirma.
Istiqomat joyidagi ijtimoiy taʼminot organlarida nafaqa tayinlash chogʻida ota-ona (vasiy, homiy)lar mehnat daftarchalarining nusxalari qoʻshimcha taqdim etiladi.
7. Nafaqa tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarning asl nusxalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari taqdim etilishi mumkin.
Bolali oilalarga har oylik nafaqa tayinlash
8. Nafaqa ushbu Nizomning 5-bandida koʻzda tutilgan ariza berilgan joyda tayinlanadi.
9. Mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, muassasa maʼmuriyati yoki istiqomat joyidagi ijtimoiy taʼminot organi nafaqa tayinlash haqidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga berilgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida nafaqa tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
10. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, tegishli qaror qabul qilingandan keyin 5 kun ichida rad etish sabablari va shikoyat qilish tartibi koʻrsatilib, shu haqda arizachi yozma ravishda xabardor qilinadi. Ayni paytda arizaga ilova qilingan barcha hujjatlar arizachiga qaytariladi.
11. Nafaqa ariza berilgan oydan boshlab tayinlanadi.
Bolali oilalarga har oylik nafaqa toʻlash
12. Nafaqa ariza berilgan joydan toʻlanadi.
Agar ota-ona ishlamasa (oʻqimasa), nafaqani ijtimoiy taʼminot organlari toʻlaydi va uni aloqa organlari nafaqa oluvchiga yetkazib beradi.
13. Nafaqa joriy oy uchun toʻlanadi.
14. Mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilingan, nafaqa oluvchi boshqa ishga (xizmatga, oʻqishga) oʻtgan hollarda nafaqani avvalgi ish (xizmat, oʻqish) joyida toʻlash toʻxtatiladi va oxirgi ish (xizmat, oʻqish) joyida toʻlash toʻxtatilgan paytdan boshlab yangi ish (xizmat, oʻqish) joyida tiklanadi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar xodim ishdan boʻshab ketib, boshqa ishga (xizmatga, oʻqishga) oʻtganida sobiq xodimga nafaqa toʻlab boʻlinganligi haqida maʼlumotnoma beradi va uni shu nafaqalar qaysi oygacha toʻlanganligini koʻrsatadi.
Ishda bir oydan koʻproq uzoq, tanaffus boʻlgan hollarda ijtimoiy taʼminot organlaridan bu organlar nafaqa toʻlamaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etiladi.
15. Nafaqa toʻlashni toʻxtatishga, uning miqdorlarini qayta koʻrib chiqishga va tiklashga sabab boʻluvchi holatlar yuzaga kelgan taqdirda ana shunday tegishli holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oydan boshlab nafaqa toʻlash toʻxtatiladi, yangi miqdorda toʻlanadi yoki tiklanadi.
16. Tayinlangan, ammo oʻz vaqtida talab qilinmagan (toʻlanmagan) nafaqalar oʻtgan vaqt uchun, lekin koʻpi bilan 6 oyga ana shu nafaqalar toʻlanishi lozim boʻlgan davrda koʻzda tutilgan miqdorlarda toʻlanadi.
Nafaqa tayinlagan yoki toʻlaydigan organning aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan nafaqalar biron-bir muddat bilan cheklanmagan holda oʻtgan vaqt uchun toʻlanadi.
Mazkur hollarda nafaqalarning puli bir yoʻla toʻlanadi.
Bolali oilalarga har oylik nafaqa toʻlashni toʻxtatish shartlari
17. Oiladagi oxirgi bola 16 yoshga toʻlgan oydan boshlab nafaqa toʻlash toʻxtatiladi.
18. Quyidagi holatlarda nafaqa miqdori qayta koʻrib chiqiladi;
a) oilada navbatdagi bola tugʻilganda;
b) bolalardan biri 16 yoshga yetganda.
Yuqorida aytib oʻtilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda nafaqa oluvchi bir hafta muddat ichida nafaqa tayinlagan va (yoki) toʻlayotgan organlarni bu haqda xabardor qilishi shart.
Yuqorida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgandan keyingi oydan boshlab nafaqa yangi miqdorlarda toʻlanadi.
19. Nafaqa miqdori ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq qayta koʻrib chiqiladi.
20. Nafaqa miqdorlarini shu nafaqalarni toʻlovchi organlar qayta koʻrib chiqadilar.
Bolali oilalarga har oylik nafaqalarni pul bilan taʼminlash
21. Bolali oilalarga har oylik nafaqa davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bolalarga toʻlanadigan nafaqalar tarzidagi pul mablagʻlarining hisob-kitobiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetining tegishli qismiga, viloyat moliya organlari hamda Toshkent shahar moliya boshqarmasiga pul oʻtkazishni boshlaydi.
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari bolalarga nafaqa toʻlovchi ijtimoiy taʼminot organlari va korxonalarning talablariga koʻra pul mablagʻlarini jamgʻarma bankining tegishli boʻlimlariga yoki toʻlov topshiriqlariga muvofiq korxonalarga oʻtkazadilar.
24. Jamgʻarma banki boʻlimi bolalarga nafaqalarni tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi taqdim etgan toʻlov vedomostiga muvofiq taʼminlaydi.
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari bolali oilalarga har oylik nafaqalar toʻgʻri (asosli) tayinlanganligi va toʻlanayotganligini yiliga kamida bir marta tekshiradilar.
Bolali oilalarga har oylik nafaqalar toʻlash masalalari boʻyicha nizolarni hal etish chogʻida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning masʼuliyati
26. Bolali oilalarga har oylik nafaqalarni oluvchi ana shu nafaqalarni toʻlashga taʼsir etuvchi barcha oʻzgarishlar haqida bolalarga nafaqalar toʻlovchi organlarni xabardor qilishlari shart.
27. Bolali oilalarga har oylik nafaqalarni mutlaqo notoʻgʻri yoki qalbaki hujjatlar boʻyicha olish faktlari yoki bolalarga nafaqalar toʻlanishiga taʼsir etuvchi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida maʼlum qilmaganlik faktlari aniqlangan taqdirda, bolalarga nafaqalar tayinlangan va (yoki) toʻlayotgan organlarning qaroriga binoan ortiqcha toʻlagan pullar nafaqa qoluvchidan ushlab qolinadi.
28. Bolali oilalarga har oylik nafaqalarni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.