Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.05.04-21 “Metropolitenlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 333]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.05.04-21 “Metropolitenlar” shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 280, 2024-yil 29-avgust) quyidagi mazmundagi 421-band bilan toʻldirilsin:
“421. Mavjud metropoliten yer osti tunnellari devorlari hamda yer usti yoʻnalishi tayanch ustunlar poydevorlari bilan yangi qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlarning orasidagi muhofaza zonasi 15 m dan kam boʻlmasligi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-yanvar,
01/2-8-son
Kelishildi:
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 28-yanvar