Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1914-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy banki boshqaruvi va Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 6-fevraldagi 18, 2/8, 2008-47-son “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va ayirboshlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1914, 2009-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 10-11-son, 121-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-yanvar,
224-son
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-yanvar,
2025-01-son
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-yanvar,
40/20-son
Kelishildi:
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2024-yil 17-dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 10/25/1914-1/0098-son)