Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1591-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-yanvar,
26-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2025-yil 13-yanvar
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi rais oʻrinbosari A. QAYUMOV
2025-yil 11-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2025-yil 15-yanvardagi 26-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 16-iyundagi 128-son “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1591, 2006-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 255-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining 2021-yil 10-noyabrdagi 01/11-08-son “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1591-1, 2021-yil 17-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 10/21/1591-1/1162-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 18-iyuldagi 130-son “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1591-2, 2023-yil 18-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2023-y., 10/23/1591-2/0628-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 10/25/1591-3/0088-son)