29.11.1985 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon xalqlari BMT Ustavida inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida hamkorlikni amalga oshirish maqsadidagi majburiyatlarga nisbatan odillik amalda boʻlishini taʼminlaydigan tegishli shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanliklarini bildirayotganliklarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, xususan, qonun oldida tenglik, aybsizlik prezumpsiyasi prinsiplari hamda qonunga muvofiq taʼsis etilgan vakolatli, mustaqil va xolis sud tomonidan adolatli va oshkora sudda muhokamasiga boʻlgan huquqi qayd etilganligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt hamda Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt ushbu huquqlarning amalga oshirilishini va bundan tashqari, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi pakt asossiz kechikishlarsiz sudlanish huquqini ham kafolatlashini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu prinsiplar haqidagi tasavvur va haqiqiy ahvol oʻrtasida hanuzgacha nomuvofiqlik mavjudligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mamlakatda odil sudlovni tashkil qilish va amalga oshirishda ushbu prinsiplarga amal qilish lozimligini hamda ularning hayotga toʻliq joriy etilishi uchun harakat qilish lozimligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning funksiyasini amalga oshirishga oid normalar sudyalarga ushbu prinsiplarga muvofiq harakat qilish imkonini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi kerakligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarga fuqarolarning hayoti va oʻlimi, erkinligi, huquqlari, majburiyatlari va mol-mulklari masalalari boʻyicha qatʼiy qaror qabul qilish majburiyati yuklanganligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish boʻyicha oltinchi kongressi oʻzining 16-son rezolyutsiyasida Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha qoʻmitasidan, birinchi navbatda, bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar qatoriga sudyalar mustaqilligi hamda sudyalar va prokurorlarni tanlash, kasbiy tayyorgarligi va maqomiga oid rahbariy prinsiplarni ishlab chiqishni kiritishni soʻraganligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu munosabat bilan, birinchi navbatda, sudyalarning odil sudlov tizimidagi roli hamda ularni tanlash, tayyorlash va ularning axloqi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish kerakligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlar sud organlarining mustaqilligini taʼminlash va mustahkamlash vazifalarini hal qilishda aʼzo-davlatlarga yordamlashish uchun bayon etilgan quyidagi asosiy prinsiplarni oʻzlarining milliy qonunchiligi va amaliyoti doirasida eʼtiborga olishlari va hurmat qilishlari, sudyalar, advokatlar, ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi organlarning xodimlari va keng jamoatchilik eʼtiboriga etkazishlari lozim. Prinsiplar asosan professional sudyalar uchun moʻljallangan, ammo zarur boʻlganda, ularni professional boʻlmagan sudyalarga, agar ular bor boʻlsa, teng ravishda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud organlari mustaqilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud organlarining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanadi va mamlakat konstitutsiyasi yoki qonunlarida mustahkamlab qoʻyiladi. Barcha davlat organlari va boshqa muassasalar ular mustaqilligini hurmat qilishlari va unga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sud organlari oʻzlariga topshirilgan ishlarni xolisona, faktlar asosida va qonunga muvofiq ravishda, hech bir taraf tomonidan va hech bir sababsiz, bevosita yoki bilvosita cheklashlarsiz, gʻayriqonuniy taʼsir koʻrsatishlarsiz, undashlar, majburlashlar, tahdidlar yoki aralashuvlarsiz hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud organlari sud xususiyatiga nisbatan barcha masalalar boʻyicha vakolatlarga egadirlar va ularga topshirilgan ish qonun bilan belgilangan oʻz vakolatga kirishi haqida uzil-kesil qaror chiqarish huquqi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Odil sudlov jarayoniga gʻayriqonuniy yoki ruxsat etilmagan aralashuvlar boʻlmasligi kerak hamda sudlar chiqargan qarorlar qayta koʻrilmaydi. Ushbu prinsip sudlov organlari chiqargan hukmlarning qonunga muvofiq ravishda sud tartibida qayta koʻrilishi yoki jazoning yengillashtirilishiga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir inson ishning belgilangan yuridik choralar qoʻllaniladigan oddiy sudlar yoki tribunallarda sud tartibida koʻrilishi huquqiga ega. Oddiy sudlar yoki sud organlarining vakolatlarini almashtirish maqsadida belgilab berilgan yuridik choralardan talab darajasida foydalanmaydigan tribunallar tuzilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud organlarining mustaqilligi prinsipi ularga qator huquqlar beradi va ulardan sudlov ishini adolatli olib borishni va tomonlar huquqlari tengligiga rioya qilinishini talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir aʼzo-davlat sud organlariga talab darajasida oʻz vazifalarini bajarishlariga imkon beruvchi tegishli vositalarni taʼminlab berishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻz va uyushmalar erkinligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq, boshqa fuqarolar kabi sud organlari aʼzolari ham soʻz, diniy eʼtiqod, uyushish va aʼzo boʻlish erkinliklaridan foydalanadilar; biroq mazkur huquqlardan foydalanish davomida sudyalardan oʻz lavozimlariga boʻlgan hurmatni taʼminlash va sud organlarining daxlsizligi va mustaqilligini saqlab qolish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudyalar sudyalar uyushmasini yoki boshqa tashkilotlarni tuzish erkinligiga va oʻz manfaatlarini himoya qilish, kasbiy malakasini takomillashtirish va daxlsizligini saqlab qolish maqsadlarida ularga aʼzo boʻlish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka, tanlov va tayyorgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudyalik lavozimiga tanlab olingan shaxslar yuqori axloqiy sifatlar va qobiliyatlarga hamda huquq sohasida tegishli tayyorgarlik va bilimlarga ega boʻlishlari kerak. Sudyalarni tanlab olishning har qanday usuli gʻayriqonuniy dalillar boʻyicha sudyalarni tayinlashdan himoyani kafolatlashi lozim. Sudyalarni tanlab olishda mazkur shaxs irqi, terisining rangi, jinsi, dini, siyosiy va boshqa eʼtiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy, tabaqaviy yoki boshqa holatlariga bogʻliq ravishda kamsitilmasligi kerak; biroq yuridik lavozimga nomzod tegishli davlat fuqarosi boʻlishi kerakligi haqidagi talabga kamsitilish sifatida qaralmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavozim shartlari va vakolat muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudyalarning vakolat muddatlari, ularning daxlsizligi, xavfsizligi, munosib taqdirlanishlari, xizmat shartlari, nafaqa va nafaqaga chiqish yoshi tegishli tarzda qonun bilan belgilanishi va kafolatlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlab olingan yoki saylangan sudyalar majburiy pensiyaga chiqqunlari yoki vakolatlarning belgilangan muddatlari tugagunga qadar kafolatlangan vakolatlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudyalarning mansab pogʻonalaridan koʻtarilishlarini, agar shunday tizim mavjud boʻlsa, obyektiv omillar, xususan, ularning qobiliyati, axloqiy sifatlari va tajribasiga asoslanib amalga oshirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlarda ishlarni sudyalar orasida taqsimlash sud maʼmuriyatining ichki ishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy sir va daxlsizlik huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudyalar ishlari boʻyicha kasbga oid sirlarni va oʻz majburiyatlarini bajarish mobaynida olingan maxfiy maʼlumotlarni sir saqlashlari kerak, faqat bundan ochiq sudda koʻriladigan ishlar mustasno hamda ular bunday masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berishga ham majbur qilinmasliklari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qaysidir intizomiy tartiblar yoki milliy qonunchilikka muvofiq ravishda davlat tomonidan apellyatsiya yoki tovon huquqlarini buzmagan holda, sudyalar oʻz faoliyatlariga doir vazifalarini amalga oshirishlari chogʻida notoʻgʻri harakatlar yoki kamchiliklarga yoʻl qoʻyishlari oqibatida keltirilgan moliyaviy zarar uchun fuqarolik daʼvolariga nisbatan shaxsiy daxlsizlikdan foydalanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazolash, lavozimdan chetlatish va boʻshatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudyaning xizmat yuzasidan sudlov yoki kasbiy majburiyatlarini bajarishi davomida uning ustidan tushgan ayblov yoki shikoyat arizasi tegishli chora-tadbirlarga muvofiq, zudlik bilan odilona koʻrib chiqilishi shart. Sudya javob berish va haqqoniy tekshiruv oʻtkazilishi huquqiga ega. Agar sudyaning boshqa talabi boʻlmasa, dastlabki bosqichda shikoyat arizasini koʻrib chiqish maxfiy ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudyalar oʻz majburiyatlarini bajarishga layoqatsiz, deb topilsa yoki egallab turgan lavozimiga axloqiy jihatdan zid boʻlgan harakatlarni qilsa, lavozimdan vaqtinchalik chetlashtirilishi yoki boʻshatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jazolash, lavozimdan chetlatish yoki boʻshatish boʻyicha barcha choralar sudyaning vakolatlarini toʻxtatish, muddatidan ilgari tugatish asoslari va tartibiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maʼmuriy jazolash, lavozimdan chetlatish yoki boʻshatish haqidagi qaror mustaqil tekshiruv predmeti boʻlishi lozim. Mazkur prinsip oliy sud qarorlariga yoki qonun chiqaruvchi organlarning ishlarni impichment tartibida koʻrish yoki shunga monand choralarga rioya etish davomida qabul qilingan qarorlariga nisbatan qoʻllanilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)