20.01.2025 yildagi O‘RQ-1020-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 17-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish sohasiga xususiy sektorni jalb etish, bu borada tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish, bu mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha tartib-taomillarni yanada soddalashtirish, ushbu faoliyatni amalga oshirishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziya asosida amalga oshirish huquqini berishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun jarimalar miqdorlari belgilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida mineral oʻgʻitlarning va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatning yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishiga hamda bunday mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 113-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-484-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 429-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 1-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi “reeksport uchun fitosanitariya sertifikatini berish” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 11-moddaning birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi — oʻttizinchi xatboshilari tegishincha oʻn ikkinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashilayotganda transport vositalaridagi va boʻsh omborlardagi fumigatsiya ishlari zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻlimlari tomonidan amalga oshirilib, ularning yakunlari boʻyicha zararsizlantirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilib, uning yakunlari boʻyicha zararsizlantirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar) ilova quyidagi mazmundagi 52-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

52. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji

a) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyat

 — BHMning 2 baravari

b) Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyat

 — BHMning 3 baravari

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyat”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan” degan soʻzlar “ikkinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 1-ilova quyidagi mazmundagi 60-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

60.

Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyat.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 4-ilovaning I-boʻlimi quyidagi mazmundagi 53 va 54-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

53.

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

250

54.

Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

250

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 1-moddasi 3-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasini amalga oshirish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1020-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 03/25/1020/0053-son)