Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASINING HOMIYLIK KENGAShI TARKIBIDAGI OʻZGARIShLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida hamda Jamgʻarma Homiylik kengashi baʼzi aʼzolarining boshqa ishga oʻtganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Homiylik kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
407-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 27-avgustdagi 407-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Homiylik kengashining
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
| Karimov I.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Kengash raisi |
| Mirziyoyev Sh.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari |
|
Kengash aʼzolari: | ||
| Inomova S.T. | | Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| Nazirov F.Gʻ | — | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri |
| Joʻrayev T.I. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri |
| Qosimov R.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| Rahimov S.B. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri |
| Azizxoʻjayev A.A. | — | Madaniyat va sport ishlari vaziri |
| Qurbonov R.J. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi |
| Shogʻulomov R.Sh. | — | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi raisi |
| Koʻchimov A.K. | — | Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi raisi |
| Mirxoʻjayev Z.S. | — | Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi |
| Joʻrayev Sh.J. | — | “Asaka” banki boshqaruvi raisi |
| Toshmatov Q.F. | | “Paxta-bank” boshqaruvi raisi |
| Toxtayev A.R. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi |
| Kucherskiy N.I. | — | Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh direktori |
| Azizov A.A. | — | “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi |
| Husanboyev B.M. | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Shodiyev Q.Q. | — | “Oʻzfarmsanoat” konserni raisi |
| Bahromov A.U. | — | “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasi raisi |
| Ubaydullayev B.X. | — | Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati raisi |
| Abduqahhorov A. | — | “Vatanparvar” tashkiloti raisi |
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.