Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 15-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-14-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 15-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-14-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 3-dekabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 15-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-14-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-dekabr,
138-V-son