Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1246-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”)
(“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-dekabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1246-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-dekabr,
215-V-son