Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga Oʻninchi qoʻshimcha bayonnomani (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr) va Oʻn birinchi qoʻshimcha bayonnomani (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-dekabr,
169-V-son