Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan hamda moddiy va protsessual huquq normalarini bir xilda qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 36-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) yuridik va jismoniy shaxslarni, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalardan;”;
quyidagi mazmundagi 61-kichik band bilan toʻldirilsin:
“61) arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi arizalardan”;
7-kichik bandidagi “sudining (arbitrajining)” degan soʻzlar “sudining, arbitrajning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “g1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g1) arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ajrimlar ustidan”;
“d” kichik bandidagi “sudining (arbitrajining)” degan soʻzlar “sudining, arbitrajning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-kichik bandi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 5.1-band bilan toʻldirilsin:
“5.1. Ish koʻrish uchun bir iqtisodiy suddan boshqa iqtisodiy sudga IPK 39-moddasiga asosan oʻtkazilganda, avval toʻlangan davlat boji va pochta xarajatlari ishni koʻrish yakuni boʻyicha inobatga olinishi kerak.
IPK 152-moddasining uchinchi qismi mazmuniga binoan, sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki maʼmuriy suddan daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda davlat boji kam toʻlanganligi aniqlansa, sudya daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida daʼvogarni (arizachini) ajrim orqali xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddat beradi.
Mazkur koʻrsatma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sudya daʼvo arizasi (ariza) va unga ilova qilingan hujjatlarni IPK 155-moddasi birinchi qismining 11-bandiga asosan qaytaradi”;
quyidagi mazmundagi 6.1 — 6.6-bandlar bilan toʻldirilsin:
“6.1. Sudlarning eʼtibori, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 17-moddasi sakkizinchi qismining mazmuniga binoan, agar mulkiy nizo boʻyicha sudga daʼvo arizasi berilganda, daʼvo qiymati chet el valyutasida belgilansa, davlat bojining miqdori daʼvo arizasi taqdim etilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada belgilanishi va undirilishiga qaratilsin.
Ushbu qoida sud qarorlari ustidan shikoyat berishda ham qoʻllaniladi.
6.2. Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvogar tomonidan daʼvo talablari kamaytirilgan taqdirda, davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi hamda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Neustoyka miqdori iqtisodiy sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga asosan kamaytirilganda, daʼvogarning davlat boji boʻyicha xarajatlari, neustoykani kamaytirmasdan undirilishi lozim boʻlgan summadan kelib chiqqan holda javobgar tomonidan qoplanadi, agar daʼvogar davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) yuqorida belgilangan miqdorda davlat daromadiga undiriladi.
6.3. Iqtisodiy sudga murojaat qilishda kichik tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlangan boʻlib, daʼvo talablari qanoatlantirilganda, agar javobgar davlat bojini toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa, ishni koʻrish natijasi boʻyicha undan undiriladigan davlat bojining miqdori daʼvogar tomonidan toʻlab chiqilgan summa bilan chegaralanadi.
Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablari qanoatlantirilgan yoki rad etilgan taqdirda davlat boji taraflardan umumiy asoslarda undiriladi.
Agar iqtisodiy sudga murojaat qilishda kichik tadbirkorlik subyektiga davlat boji toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berilgan boʻlsa, davlat boji ishni koʻrish natijasi boʻyicha tegishli tarafdan qonunda belgilangan stavkada undiriladi.
6.4. Korporativ nizolar boʻyicha taʼsischini yoki bir nechta taʼsischilarni jamiyat ishtirokchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha davlat boji nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan miqdorda bitta talab deb baholangan holda toʻlanadi yoki undiriladi.
6.5. Sudlarning eʼtibori IPK 149-moddasining mazmuniga koʻra, daʼvoning bahosi daʼvo arizasida koʻrsatilishi lozimligidan kelib chiqib, mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tan olish, mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga daʼvo (mulk)ning qiymatini bahosini (mulkning qiymatini) tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Mulk huquqi, mol-mulkni talab qilib olish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha mulkning qiymati aniq boʻlmagan taqdirda sud ishni koʻrish davomida davlat boji toʻgʻri undirilishini taʼminlash maqsadida mavjud hujjatlar asosida mulkning qiymatini aniqlash chorasini koʻradi.
Agar mavjud hujjatlar asosida mulkning qiymatini aniqlash imkoni boʻlmasa, buni aniqlash sudning ajrimiga asosan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi va baholash xarajatlari daʼvogarning zimmasiga yuklanadi.
Keyinchalik, bu xarajatlar IPKning 118-moddasiga binoan taqsimlanadi.
Mulkning qiymati aniq emasligi belgilangan miqdordagi davlat bojini undirmaslik uchun asos boʻlmaydi.
6.6. Nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalaridan (arizalardan), toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalardan, shartnomani tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilishdan kelib chiqadigan nizo boʻyicha davlat boji uni berish kunida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ushbu qoida davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organi hamda boshqa tashkilotlar tomonidan shaxslar manfaatida taqdim etilgan daʼvolar boʻyicha ham tatbiq etiladi.
Ushbu toifadagi ishlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyatlari bilan murojaat qilinganda davlat boji daʼvo arizasi (ariza) berilgan kunda amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Iqtisodiy sud tomonidan sud hujjatlarining dublikatlarini va ishdan boshqa hujjatlarning nusxalarini berish uchun davlat boji uni toʻlash kunida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlanadi”;
12-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarish sudning hujjati asosida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 16.1-band bilan toʻldirilsin:
“16.1. Shuni nazarda tutish lozimki, Oliy sudning sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni oʻrganish davomida yuridik ahamiyatga molik boʻlgan bir qator harakatlarni amalga oshiradi.
Shunga koʻra, agar, davlat boji oldindan toʻlanmagan boʻlsa, taftish tartibidagi shikoyat Oliy sudning Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish rad etilganda davlat boji umumiy asoslarda undirilishi lozim”;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Davlat boji toʻlanmagan holda qabul qilingan arizalar (daʼvo arizalari) yuzasidan davlat boji ish yakuni boʻyicha, ariza qabul qilingan paytda amalda boʻlgan davlat boji stavkasi boʻyicha undiriladi. Ushbu qoida sud qarorlari ustidan shikoyat berishda ham qoʻllaniladi.
Daʼvogar (arizachi) toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta daʼvogar (arizachi) tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo arizasi (ariza) toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, u davlat foydasiga har bir javobgardan alohida qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda undiriladi.
Daʼvo arizasi (ariza) qanoatlantirilgan holda daʼvogar (arizachi)ning tegishli iltimosnomasi mavjud boʻlgandagina, sud xarajatlari uning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatida kiritgan daʼvo arizalari (arizalar)ni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirish rad etilgan qismiga mutanosib ravishda, shuningdek daʼvo koʻrmasdan qoldirilganda yoki ish yuritish tugatilganda davlat boji manfaati koʻzlanib daʼvo kiritilgan daʼvogarlardan undiriladi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan daʼvoni koʻrmasdan qoldirish yoki ish yuritish tugatish hollari bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-sonli qarori 3-bandning toʻrtinchi xatboshisida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini koʻzlab sudga davlat boji toʻlamasdan daʼvo arizalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar taqdim etish huquqi berilgan boʻlib, bunda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati koʻzlab daʼvo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmasligi belgilangan.
Sudlar mazkur qoida daʼvo arizasi koʻrmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilganda ham qoʻllanilishi lozimligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Agar daʼvo arizasida bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa, ushbu talab boʻyicha davlat boji mulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalari uchun belgilangan stavka boʻyicha undiriladi”;
18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat boji javobgardan” degan soʻzlardan keyin “qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
18-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvo arizasi (arizasi) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin nizo bartaraf etilganligi munosabati bilan mediativ kelishuv tuzishga yoʻl qoʻyilmasligi sababli bunday holatda ish mazmunan koʻrib chiqilishi va natijasi boʻyicha davlat boji umumiy asoslarda undirilishi lozim.”;
20-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Sud hujjatining faqatgina davlat bojiga oid qismi shikoyat qilingan taqdirda, davlat boji toʻlanmaydi. Bunda sudlarning eʼtibori apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha nizolashilayotgan sud hujjatining davlat bojidan tashqari qismi oʻzgartirilgan yoki bekor qilinganda, davlat bojini undirish masalasi IPKda nazarda tutilgan umumiy tartibda hal qilinishiga qaratilsin.
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari sud hujjatining bir qismiga nisbatan berilganda davlat boji sud hujjatining nizolashilayotgan qismidan kelib chiqib hisoblanadi.”;
quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
“201. Sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun quyi sudga yuborilganida, davlat bojini taqsimlash masalasi ishni yangidan koʻrayotgan sud tomonidan toʻlangan davlat boji va daʼvo talablarining qanoatlantirilgan miqdori hisobga olingan holda hal etiladi.”
21-band “apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlardan keyin “va taftish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
22-banddagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 22.1, 22.2, 22.3-bandlar bilan toʻldirilsin:
“22.1. IPK 265-moddasining ikkinchi qismi, 288-moddasining ikkinchi qismi hamda 313-moddasining ikkinchi qismida apellyatsiya, kassatsiya va taftish protestiga pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi nazarda tutilmagan.
Sudlarning eʼtibori protest asosida koʻrilgan ish boʻyicha sud xarajati ishni koʻrish natijasiga koʻra, tegishli tarafdan undirilishiga qaratilsin.
22.2. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyatidan voz kechilgan va shikoyatdan voz kechish sud tomonidan qabul qilingan holda, tegishli sud instansiyasi shikoyat boʻyicha ish yuritishni tugatadi va toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, toʻlanmagan davlat boji esa, shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.
Sudlarning eʼtibori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyati koʻrmasdan qoldirilganida toʻlangan davlat boji qaytarilmasligiga, toʻlanmagan davlat boji esa, shikoyat bergan shaxsdan undirilishiga qaratilsin.
22.3. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan va ish yangidan koʻrilganda, sud instansiyalari uchun davlat bojini taqsimlash masalasi ishni yangidan koʻrayotgan iqtisodiy sud tomonidan toʻlangan davlat boji va daʼvo talablarining qanoatlantirilgan miqdori hisobga olingan holda hal etiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi “Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi 20-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Plenum qarori sarlavhasidagi “haqida” soʻzi “toʻgʻrisida” soʻziga almashtirilsin;
3-bandining ikkinchi kichik bandidagi “beriladigan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan:” degan soʻzlar “beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan:” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandining ikkinchi kichik bandidagi “(bundan MSIYUtKning 108-moddasi 1-bandi bilan ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mustasno)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “toʻlov topshiriqnomasi” degan soʻzlardan keyin “yoki elektron toʻlov tizimidan olingan maʼlumotlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
51-band bilan toʻldirilsin:
“51. MSIYUtK 131-moddasining uchinchi qismi mazmuniga binoan, sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda davlat boji kam toʻlanganligi aniqlansa, sudya ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida arizachini ajrim orqali xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi.
Mazkur koʻrsatma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sudya ariza (shikoyat) va unga ilova qilingan hujjatlarni MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 11-bandiga asosan qaytaradi”;
6-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda sudlar, arizada javobgar zimmasiga muayyan majburiyat yuklashning soʻralishi alohida talab emas, balki huquqni tiklash chorasi hisoblanishiga eʼtibor qaratishlari lozim”;
9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shu bilan birga, agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi yoki qaytarilishi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi lozim boʻlgan, lekin qaytarilmagan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilgan yoki qaytarishga asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng takroran berilgan holda arizaga, agar davlat boji budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, davlat boji toʻlanganligi haqidagi dastlabki hujjat ilova qilinishiga yoʻl qoʻyiladi (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining toʻrtinchi va yigirma birinchi qismlari)”;
9-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “MSIYUtKning 105-moddasi 4-bandi” degan soʻzlar “105-moddasi 1, 5-bandlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-bandidagi “Qonunning 10-moddasida” degan soʻzlar “Qonunning 18-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“MSIYUtK 113-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra undirilishi lozimligiga sudlarning alohida eʼtibori qaratilsin”;
15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi bilan belgilangan”;
16-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari oʻzlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoyasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinganligi, ishning natijasi boʻyicha talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi sudlarga tushuntirilsin (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 10-moddasi birinchi qismining 1-bandi va ikkinchi qismi).
Kichik tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning talablari qanoatlantirilganda davlat boji javobgardan (davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa) qonunda arizachi uchun belgilangan stavkada undiriladi”;
17-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxslar notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini roʻyxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakat (harakatsizlik)lari yuzasidan, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan nizolashish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat qilishda davlat boji toʻlashdan ozod etilmaganligi bois Davlat boji stavkalariga asosan BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlashlari lozim.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini koʻzlab sudga davlat boji toʻlamasdan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan taqdim etilgan ariza (shikoyat) qanoatlantirishdan rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-sonli Qarorining 3-bandiga asosan manfaati koʻzlab ariza (shikoyat) kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi.
Mazkur qoida ariza koʻrmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilganda ham qoʻllanilishi lozim.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi moliya organlari tarkibiga kirishi sababli “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 10-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha davlat bojidan ozod etilganligiga eʼtibor qaratilsin”;
18-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelishuv bitimi tuzgan boʻlib, unda sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud boʻlsa, sudlar davlat bojini ushbu kelishuvga muvofiq taqsimlashi, kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisida shart mavjud boʻlmasa, bu masala kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, MSIYUtKda belgilangan umumiy tartibda hal etilishiga sudlarning eʼtibori qaratilishi lozim”;
21-bandidagi “(1, 9, 11, 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
21-bandidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan soʻzlardan keyin “va taftish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Shuni nazarda tutish lozimki, Oliy sudning sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni oʻrganish davomida yuridik ahamiyatga molik boʻlgan bir qator harakatlarni amalga oshiradi.
Shunga koʻra, agar, davlat boji oldindan toʻlanmagan boʻlsa-da, biroq buning uchun taftish shikoyati qaytarilmagan boʻlsa, shikoyatni Oliy sudning Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish rad etilganda davlat boji umumiy asoslarda undirilishi lozim”.
212-band bilan toʻldirilsin:
“212. MSIYUtK 206-moddasining birinchi qismi, 230-moddasining birinchi qismi hamda 255-moddasining birinchi qismida apellyatsiya, kassatsiya va taftish protestlariga pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi nazarda tutilmagan.
Sudlarning eʼtibori protest asosida koʻrilgan ish boʻyicha sud xarajati ishni koʻrish natijasiga koʻra, tegishli tarafdan undirilishiga qaratilsin.
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyatidan voz kechilgan va shikoyatdan voz kechish sud tomonidan qabul qilinib, shikoyat boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, toʻlanmagan davlat boji esa shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.
Bu qoida apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyati koʻrmasdan qoldirilganida ham tatbiq etiladi.”
22-bandidagi “apellyatsiya, kassatsiya” soʻzlaridan keyin “va taftish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Toshkent sh.,
2024-yil 16-dekabr,
38-son