Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining:
2018-yil 24-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiyani tuzish toʻgʻrisida”gi 1635-III/KQ-341-III-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 261-modda);
2019-yil 2-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2309-III/KQ-502-III-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 152-modda);
2019-yil 26-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2625-III/KQ-571-III-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 462-modda);
2020-yil 27-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 151-IV/KQ-18-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 195-modda);
2022-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2043-IV/KQ-333-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 460-modda) qoʻshma qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
№ 241-V/KQ-25-V-son