Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomning 23-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1808-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-maydagi 258-sonli ““Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1808-3, 04.06.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-son “Geografik obyektlarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 7-maydagi 49-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1808, 2008-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 181-modda) bilan tasdiqlangan Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomning 23-bandi oltinchi xatboshisidagi “shahar posyolkalari” degan soʻzlar “tuman shaharchalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Transport vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-dekabr,
1808-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2024-yil 16-dekabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 13-dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2025-y., 10/25/1808-2/0013-son)