Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI BOShQARISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni roʻyobga chiqarish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish, ularda barkamol, chuqur bilimlarga ega boʻlgan malakali kadrlar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (bundan keyin Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining turlari va yoʻnalishlarini belgilash, ularning respublika mintaqalarining jugʻrofiy, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini, shuningdek, oʻquvchilarni oiladan ajratmay toʻliq qamrab olishni hisobga olgan holda oqilona joylashtirilishini taʼminlash;
litseylar va kollejlarni loyihalashtirish va qurish yuzasidan bosh buyurtmachi vazifalarini bajarish, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining taʼlim muassasalariga aylantiriladigan mavjud oʻquv yurtlarining sifatli rekonstruksiya qilinishini va toʻliq tuzatilishini taʼminlash;
davlat taʼlim standartlari ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tanlash, tayyorlash va ularning malakasini oshirish, faoliyati sifatini va malaka darajasini nazorat qilish;
malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha jahon va mamlakatimizning ilgʻor tajribalarini tahlil qilish va umumlashtirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining moddiy va taʼlim bazasi sifatiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini axborot bilan taʼminlash, yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini yaratishni va oʻquv jarayoniga joriy etishni tashkil qilish;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini moddiy-texnika jihatidan taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Markaz rahbari lavozimi joriy etilsin.
3. Markaz tuzilmasi va xodimlari soni va shtatlar jadvali 1 va 1a*-ilovaga muvofiq 60 kishidan iborat etib tasdiqlansin, shu jumladan 35 nafari vazirliklar, ulardan: 3 nafari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 14 nafari Xalq taʼlimi vazirligi, 18 nafari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hisobidan kiritiladi.
* 1a-ilova keltirilmaydi.
Belgilansinki, Markaz yuridik shaxs hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir hafta muddatda Markaz toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarini tashkil etsinlar, ularni mablagʻ bilan taʼminlash, joylashtirish va moddiy-texnikaviy jihozlashni taʼminlasinlar.
Quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy funksiyalari va vazifalari etib belgilansin:
oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, boshqarish va uslubiy taʼminlash;
davlat taʼlim standartlarini amalga oshirish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari hamda inshootlarining yangidan qurilishini, rekonstruksiya qilinishini tashkil etish va nazorat qilish;
oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarining, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, kadrlardan foydalanuvchi korxonalar bilan integratsiyasini taʼminlash, homiylik va vasiylikni tashkil etish;
mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda yangi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish hamda mavjudlarini qayta tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
taʼlim muassasalarini darsliklar, oʻquv adabiyotlari va didaktik materiallar, kompyuter texnikasi bilan taʼminlash va jihozlash.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va xodimlari soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibida tashkil etiladi hamda ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (Markazga) boʻysunadi.
Hududiy boshqarmalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalarining tugatilayotgan kasb-hunar-texnika boʻlimlari va uslubiyat xonalari xodimlari va mablagʻlari hisobidan tashkil etish taʼminlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki:
oʻrta maxsus va kasb-hunar-texnika taʼlimining faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muassasalarining hamda ular negizida tashkil qilinayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyatiga tashkiliy, oʻquv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv dasturlarini unifikatsiyalash, pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuklanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va ular negizida tashkil qilinayotgan Madaniyat ishlari vazirligining, Badiiy akademiyaning, Sogʻliqni saqlash vazirligining kasb-hunar kollejlari ularning tasarrufida qoladi;
oʻrta maxsus va kasb-hunar-texnika oʻquv yurtlari hamda ularning negizida tashkil etilayotgan tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalarning kasb-hunar kollejlari ikki tomonlama boʻysunishda boʻladi.Tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar ularni moddiy va moliyaviy taʼminlashni, oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatishni va ularda amaliy koʻnikmalarni tarbiyalashni amalga oshiradilar, mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar;
vazirliklar, idoralar va korxonalar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan oʻquv yurtlari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlashning mavjud tartibi saqlanib qoladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
akademik litsey va kasb-hunar kolleji namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar bilan birgalikda ikki tomonlama boʻysunishdagi kasb-hunar kollejlarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
1998-yilda tajriba tariqasida tashkil etiladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari roʻyxatini aniqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Davlat test markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga oʻquvchilar qabul qilish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barqaror ishlayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ayrimlarini tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlariga vasiy etib belgilasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi:
kasb-hunar kollejlari ustidan tegishli ixtisoslikdagi oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar ustidan esa — Fanlar akademiyasining institutlari homiyligini taʼminlasinlar;
kasb-hunar kolleji vasiysi toʻgʻrisidagi Nizomni, shuningdek akademik litsey va kasb-hunar kolleji homiysi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda amalga kiritsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlashni taʼminlasin.
Kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha bazaviy oliy taʼlim muassasalari sifatida Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti va Namangan industrial-texnologiya instituti belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga va Namangan industrial-texnologiya instituti Namangan muhandislik-pedagogika institutiga aylantirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tashkil etilayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga berilsin.
13. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining sifatli taʼlim va kasb-hunar dasturlarini yaratish, ilgʻor ilmiy va uslubiy yutuqlar asosida sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida Kasb-hunar taʼlimi instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika kasb-hunar-texnika taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish instituti negizida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish instituti tashkil etilsin, u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga boʻysundirilsin.
14. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish instituti Kasb-hunar taʼlimi instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika kasb-hunar-texnika taʼlimi xodimlari malakasini oshirish institutining xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Kasb-hunar taʼlimi instituti, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika kasb-hunar-texnika taʼlimi xodimlari malakasini oshirish instituti shtatlarini, mol-mulkini va moliyaviy mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish instituti balansiga bersin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish instituti toʻgʻrisidagi nizomni, uning ilmiy tadqiqotlar dasturini va mablagʻ bilan taʼminlash hajmlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
tegishli vazirliklar va idoralardan berilayotgan shtatlarni, mehnatga haq toʻlash fondini hamda boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi xarajatlari uchun respublika budjetida zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Markazga ikkita yengil avtomashina uchun limit ajratsin, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi transport xizmati koʻrsatishni taʼminlasin.
17. Toshkent shahar hokimligi:
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazini Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 6-uydagi maʼmuriy binoga joylashtirsin;
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish institutini Toshkent shahar, Pushkin koʻchasidagi 7-uyga joylashtirsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-fevral,
77-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlimi markazi
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va xodimlari soni
I. NAMUNAVIY TUZILMA
II. Hududiy boshqarmalar xodimlari soni
|
T/r |
Viloyatlar |
Shtatlar soni |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
12 |
|
2. |
Andijon |
10 |
|
3. |
Buxoro |
10 |
|
4. |
Jizzax |
7 |
|
5. |
Qashqadaryo |
9 |
|
6. |
Navoiy |
6 |
|
7. |
Namangan |
11 |
|
8. |
Samarqand |
13 |
|
9. |
Surxondaryo |
10 |
|
10. |
Sirdaryo |
6 |
|
11. |
Toshkent |
16 |
|
12. |
Fargʻona |
13 |
|
13. |
Xorazm |
11 |
|
14. |
Toshkent shahri |
16 |
| | JAMI: |
150 |
Keyingi tahrirga qarang.