Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalarining ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2785-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 27-apreldagi 50-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785, 2016-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalariga ilovaning izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh: mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan hujjatlarning amal qilish muddati 3 oyni tashkil etadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor M. OLLOYOROV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-dekabr,
2024/5-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/2785-4/0004-son)