23.12.2024 yildagi 874-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talab va shartlarining soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 22-ilovaga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublikamizda axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashni takomillashtirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha asosiy talab va shartlar barchaga umumiy boʻlganligi bois davlat sirlari bilan ishlamaydigan talabgorlarda ularni toʻliq bajarishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar amaldagi tartibni soddalashtirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talab va shartlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 22-ilovaning 9-pozitsiyasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
874-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-dekabrdagi 874-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 22-ilovaning 9-pozitsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan axborotning kriptografik himoyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish;

b) litsenziyalanadigan faoliyatning arizada koʻrsatilgan turi boʻyicha axborotning kriptografik himoyasi sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi texnik va metodik hujjatlarning, shu jumladan, ichki nizomlar, yoʻriqnomalar, metodikalarning mavjud boʻlishi;

v) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari hisoblanadigan kriptografik algoritmlarni yoxud axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi vakolatli organ tomonidan tavsiya qilinadigan standartlarni qoʻllash;

g) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni, ularning texnik va texnik-iqtisodiy tavsifnomalarini, litsenziyaga muvofiq amalga oshirilgan tadbirlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar soni va sifatini aks ettiruvchi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish;

d) davlat siriga tegishli deb topilgan maʼlumotlarni, himoya qilinishi zarurligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni, amaliy faoliyati davomida ishonilgan tijorat sirlarini oshkor qilmaslik;*

e) litsenziya talabgorining doimiy shtatida axborotni himoya qilish sohasi boʻyicha bir nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi, shuningdek, talab qilinadigan mutaxassislar boʻlmagan taqdirda, ayrim ish turlarini bajarish uchun mutaxassislarni (litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda) jalb etish boʻyicha tegishli shartnomaning mavjud boʻlishi;*

j) mutaxassislar uchun huquqlarni, funksional vazifalarni va himoya qilinishi zarurligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlar bilan ishlash uchun zarur rejim boʻyicha talablarni belgilovchi ichki qoidalarning mavjudligi;

z) ishlab chiqilayotgan va ishlab chiqarilayotgan axborotning kriptografik himoya vositalarida turli darajalardagi protokollarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, axborotning kriptografik himoya vositalari maʼlumotlarini, shuningdek, ular negizida qurilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini umumiy foydalaniladigan tarmoqqa va tizimga kiritish imkonini beruvchi texnik va texnologik yechimlarini qoʻllanish;

i) litsenziyalanayotgan faoliyatning arizada koʻrsatilgan turi boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlari (realizatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari) va barcha zarur ishlarni amalga oshirish uchun axborotni texnik himoya qilish sohasidagi normativ hujjatlar va standartlar talablariga muvofiq boʻlgan axborotlashtirish binolari va (yoki) obyektlarining mavjud boʻlishi;

k) normativ hujjatlar talablariga muvofiq ish yuritishni (davlat sirlariga tegishli maʼlumotlar bilan ishlaganda — maxfiy ish yuritish, konfidensial maʼlumotlar bilan ishlaganda — umumiy ish yuritish) va obyektning ichki rejimini amalga oshirish;

l) axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan texnik oʻlchash va nazorat qilish vositalarining, instrumentlar va priborlarning mavjud boʻlishi.

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/874/1058-son)