Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.05.2026 21.12.2024 yildagi 868-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.05.2026
Hujjat 23.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlarida qurilish obyektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibining belgilanmaganligi tadbirkorlar uchun noqulaylik tugʻdirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari uchun xodimlarni ishga yollashda qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarining yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qurilish obyektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish obyektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qurilish obyektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yongin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qatʼiy rioya etilayotganligi doimiy nazorat qilib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
868-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-dekabrdagi 868-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 361-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“361. Qurilish obyektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarining yashash uchun moslashtirilgan joylarida (vaqtincha inshootlar, moslashtirilgan binolar va konteyner uylarda) yashayotgan fuqarolar ushbu qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga “Manzil” tizimi orqali vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fuqarolarni qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish mazkur qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida yashash uchun moslashtirilgan joylarning mavjudligi, roʻyxatga olinayotgan fuqarolar turar joy bilan (texnika xavfsizligi, yongin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilgan holda) taʼminlanganligi hamda ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish haqida qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalari rahbarlarining xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-bandning birinchi xatboshisidagi “va vaqtincha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 521-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“521. Qurilish obyektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarining yashash uchun moslashtirilgan joylarida (vaqtincha inshootlar, moslashtirilgan binolar va konteyner uylarda) yashayotgan fuqarolar ushbu qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga “Manzil” tizimi orqali vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fuqarolarni qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish mazkur qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida yashash uchun moslashtirilgan joylarning mavjudligi, roʻyxatga olinayotgan fuqarolar turar joy bilan (texnika xavfsizligi, yongin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilgan holda) taʼminlanganligi hamda ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish haqida qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalari rahbarlarining xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-banddagi “va vaqtincha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning “b” kichik bandi “turar joy bergan jismoniy” soʻzlaridan keyin “va yuridik” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 401-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“401. Qurilish obyektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida (vaqtincha inshootlar, moslashtirilgan binolar va konteyner uylarda) yashayotgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga “Manzil” tizimi orqali vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish mazkur qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida yashash uchun moslashtirilgan joylarning mavjudligi, roʻyxatga olinayotgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar turar joy bilan (texnika xavfsizligi, yongin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilgan holda) taʼminlanganligi va ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish haqida qurilish obyektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalari rahbarlarining xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/868/1051-son)