Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining axboroti.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikerini va uning oʻrinbosarlarini saylash uchun Siyosiy partiyalar vakillari kengashi toʻgʻrisida.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikerini va uning oʻrinbosarlarini saylash toʻgʻrisida.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalarini tuzish toʻgʻrisida.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislari lavozimlarini taqsimlash toʻgʻrisida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislarini saylash toʻgʻrisida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalarini saylash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-noyabr,
4-V-son