Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 17-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3584]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari toʻlash sanasida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:
kripto-birja uchun — 73 400;
mayning-pul uchun — 3 000;
kripto-depozitariy uchun — 7 000;
kripto-doʻkon uchun — 3 700.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2024-yil 5-dekabr,
100-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2024-y., 10/24/3584/1034-son)