Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2024-yil 21-noyabr kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-noyabr,
36-V-son