Qoʻmita raisi: | ||
Gapporov Xayrillo Lutpillayevich | — | 24-Namangan viloyati saylov okrugidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat |
Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari: | ||
Aldamuratov Baxitbay Umirzakovich | — | 4-Qoraqalpogʻiston Respublikasi saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Pulatov Baxtiyor Alimovich | — | yagona saylov okrugidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat |
Qoʻmita aʼzolari: | ||
Adxamjonova Mavludaxon Xamzayevna | — | 6-Andijon viloyati saylov okrugidan Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Jurayeva Gulchexra Muxammadjonovna | — | yagona saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Ibragimova Mavluda Kaxramonovna | — | 53-Fargʻona viloyati saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Kasimova Kizilgul Ermatovna | — | 45-Toshkent viloyati saylov okrugidan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Mamadaliyev Odiljon Toirovich | — | yagona saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Mamadiyorova Yulduzoy Karshiyevna | — | yagona saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Raximov Oybek Raimovich | — | yagona saylov okrugidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat |
Raxmanova Zebiniso Pulatovna | — | 28-Samarqand viloyati saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Xamzayev Abdushukur Xudoykulovich | — | yagona saylov okrugidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat |
Eshmurzayev Bekmirza Xoshimovich | — | 30-Samarqand viloyati saylov okrugidan Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat |
Yusupova Xilola Karimjanovna | — | yagona saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 18.11.2024 yildagi 30-V-son
Кучга кириш санаси
18.11.2024
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasini saylash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarining takliflariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi 14 kishidan iborat tarkibda saylansin.
2. Qoʻmita tarkibiga quyidagi deputatlar saylansin:
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-noyabr,
30-V-son